YOG’LARNI GIDROGENLASH TEXNOLOGIYASI Gidrogenlash usullari. Yog’‘larni gidrogenlash – suyuq fazali geterogen – katalitik jarayondir. Vodorod va qattiq – suspenziyali yoki turg‘un katalizatorlar ishlatiladi.
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi. Avtoklav orqali o‘tayotgan vodorod harakatining xarakteri jihatdan quyidagi usullarga bo‘linadi:
To‘yinish usuli - bunda vodorodreaktor ichida bosim ostida sirkulyasiyalanadi va reaktorga vodorod, uning sarfiga qarab beriladi. Bu usul chet elda keng qo‘llaniladi.
Vodorodni tashqi sirkulyasiyalash usuli – bu usulda vodorod reaktorga ortiqcha miqdorda beriladi va avtoklavdan chiqarilib turiladi. Keyin, tozalangandan so‘ng jarayonga qaytariladi. Bu usul MDHda keng qo‘llaniladi.
Oquvchi (struevoy) usul – turg‘un katalizator reaktorga joylashtiriladi. Yog’‘ning vodorod bilan aralashishi katalizator qatlami orqali o‘tadi.
Gidrogenlash uchun reaktorlar (avtoklavlar) aralashtirgichli va aralashtirgichsiz, kolonna tipidagi reaktorlar ishlatiladi.
Avtoklav (20-rasm) Sig‘imi 12,5 m3 bo‘lgan reaktor (1) kislotaga chidamli po‘latdan yasalgan bo‘lib, sferik qopqoq va taglikdan iborat. Apparat o‘qi bo‘ylab trubinali aralashtirgich bo‘lgan val (2) o‘tgan bo‘lib, reduktor orqali elektromotor (3)ga biriktirilgan. Apparat qopqog‘ida lyuk (4), vodorodni kirishi va chiqishi, katalizator suspenziyasi uchun patrubkalar mavjud. Reaktor ostida apparatni bo‘shatish uchun patrubka (8) joylashgan.
Trubinali aralashtirgich ostida vodorod barbateri (7) bo‘lib, uning teshiklari diametri 2mm bo‘lgan halqasimon ko‘rinishidagi ikki trubadan iborat. Trubinali meshalka ustida apparat peremetri bo‘yicha oltita zmeevikli issiqlik almashgich (5) o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan uchtasi gidrogenlashdan oldin moyni qizdirish uchun ishlatilsa, qolgan uchtasi tayyor mahsulot – salomasni sovutish uchun ishlatiladi. Uzluksiz gidrogenlash uchun reaktorda quyish patrubkasi (6) mavjud. Reaktorni isituvchig’ bosimi 2,5-3,5 MPa. Apparatda ruxsat etilgan ishchi bosim 0,5 MPa gacha va harorat 2800S gacha bo‘ladi.