Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetining TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 414-20 guruh talabasi Yusufov Kamoliddinning differensial tenglamalar fanidan 1-mustaqil ishi
Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalarni taqribiy yechishning Runge-Kutta usuli
Differensial tenglamalarni yuqori bolimlardagidek aniq yechimini topish juda kamdan kam hollardagina mumkin boladi. Amaliyotda uchraydigan koplab masalalarga aniq yechish usullarini qolashning iloji bolmaydi. Shuning uchun bunday differensial tenglamalarni taqribiy yoki sonli usular yordamida yechishga togri keladi.
Taqribiy usullar deb shunday usullarga aytiladiki, bu hollarda yechimlar biror funktsiyalar (masalan, elementar funktsiyalar) ketma-ketligining limiti korinishida olinadi.
Sonli usullar - nomalum funktsiyaning chekli nuqtalar toplamidagi taqribiy qiymatlarini xisoblash usullaridir. Bu xollarda yechimlar sonli jadvallar korinishida ifadalanadi.
Hisoblash matematikasida yuqorida keltirilgan bu guruhlarga tegishli bolgan koplab usullar ishlab chiqilgan. Bu usullarning bir-birlariga nisbatan oz kamchiliklari va ustunliklari mavjud. Muhandislik masalalarini yechishda shularni hisobga olgan holda u yoki bu usulni tanlab olish lozim boladi. Biz shundan Runge-Kutta usulini korib chiqamiz.
Runge Kutta usuli
Runge Kutta usuli ko’p jixatdan Eyler usuliga o’xshash, ammo aniqlik darajasi Eyler usuliga nisbatan yuqori bo’lgan usullardan biridir. Runge Kutta usuli bilan amaliy masalalarni yechish juda qulay. Buning sababi, bu usul orqali nomalum funktsiyani xi+1 dagi qiymatini topish uchun uning xi dagi qiymati aniq bolishi etarli.
Runge Kutta usulini uning aniqlash darajasi boyicha bir nyecha usullarga ajratadilar. Shulardan amaliyotda eng kop qollanadigani tortinchi darajali aniqlikdagi Runge Kutta usulidir.
Birinchi tartibli differensial tenglama y’=f(x,y) uchun x=xi da y=yi (i=0,1,2, ...n) qiymatlar malum bolsin. Bu erda ui boshlangich shart manosida bolmasligi ham mumkin.
Tenglamaning yechimi qidirilayotgan kesma [a,b], xi=x0+ih (i=0,1,2,...n) nuqtalar bilan bir-biriga teng n ta bolakka bolingan.
Nomalum funktsiya u ni x=xi+1 dagi qiymati yi+1= y(xi+1) ni topish uchun quyidagi ketma-ket hisoblash jarayonini amalga oshirmoq lozim boladi:
K 1(i)=hfi(xi,yi)
K2(i)=hfi(xi +h/2, yi+K1(i)/2)
K3(i)=hfi(xi +h/2, yi+K2(i)/2) (7.5.1)
K4(i)=hfi(xi +h, yi+K3(i))
Funktsiyaning orttirmasi yi ni quyidagi formuladan topiladi
yi=(K1(i)+2 K2(i)+2 K3(i)+ K4(i)) / 6 (7.5.2)
Bu erda h=(b-a)/n integrallash qadami. i ni har bir qiymati uchun (7.5.1) va (7.5.2) dagi amallarni bajaramiz va nomalum funktsiya u ni qiymatlarini (tenglamaning yechimini) quyidagi formuladan topamiz.
Dostları ilə paylaş: |