2.2-rasm. Apache web serverining emblemasi Qulay konfigratsiya adminstratorga bir vaqtning o`zida bir necha tugunlarga xizmat ko`rsatish uchun bir nechta Web- serverdan foydalanish imkoniyati administratorga qulaylik tug`diradi. Hozirgi vaqtda Apache ishlab chiqaruvchilar uchun mo`ljallangan turli yechimlar to`plamiga kiradi. Mas, Novell Net Wareda IBM WebSper kabi odatdagi Web- server hisoblanadi. Server xususiy yechimlarni tashkil etish uchun Oracle va Borland dan foydalaniladi. Apache ni yana turli murakkablikdagi boshqa masalalarni hal etish uchun ham qo`llaniladi. Masalan, fayllar almashishishda. Foydalanuvchi o`zining shaxsiy kompyuterida dasturning nushasini o`rnatadi. Hujjatlarni aniq bir papkaga joylashtirish orqali Web- server tomonidan yaratilgan sahifaga kirgan barcha foydalanuvchiga ochiq ko`rinadigan qiladi.
+1996 yil aprelida Apache jahon tarmog`idagi eng ommaviy HTTP-serveri bo`ldi. Biroq 2006 noyabrga kelib Apache dasturiy ta`minotida ishlovchi Web- serverlar kamayib ketdi, barcha Web- serverlarning qariyb yarmi MS Internet Informatsion Service ga o`tib ketdi. 2008 yil mayigacha bo`lgan ma`lumotlarni tahlil qilib Apache Web- serverida ishlovchi tugunlar barcha tugunlarning 52% ini tashkil qilganligini ko`rish mumkin.
4.Iqtisodiy axborotlarni matn redaktorlari vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash dasturlari.
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasini tashkil qilish tamoyillari. Axborotga bo`lgan talablarning turli-tumanligi, masalalar ko`lamining tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy ATlari oldiga bir qator talablar qo`ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash bazasining aniqligi. Ma`lumki, ma`lumotlar bazasi tеgishli sohaning axborot modеlini tashkil qiladi. Shu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob`еktlarning holati, xususiyati va ular o`rtasida aloqalarni to`liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda tashkil qilingan MB xatarli bo`lishi va zarar kеltirishi mumkin.