1-mustaqil ta’lim bajardi: 305-guruh talabasi Nuritdinova g tekshirdi: Nazarova d mavzu: mttda bolalarni tasviriy faoliyatga



Yüklə 77,25 Kb.
səhifə2/4
tarix05.04.2023
ölçüsü77,25 Kb.
#93684
1   2   3   4
tasviriy faoliyat

Mazmunli rasm chizish.
Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o'rgatishdir. Mazmunli rasm - bu bir necha mazmunning ma'lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo'yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o'rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo'la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg'ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro'y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o'rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetning tasviri o'rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o'lchamini, fazodagi o'rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o'rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. 
Dekorativ rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ularni tarbiyalash kerak.
Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o'z ichiga oladi.
Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog'liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Xalq amaliy san'atining turlarini, usullarini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish.
Qalam va mo'yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash.

Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar guruhida rasm chizish malakasining hosil bo'lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida rasm chizishga o'rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni- tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog'oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko'rib, xursand bo'ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta'sir ko'rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta'lim-tarbiya dasturi guruhli mashg'ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o'tirg'izib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.
Hayotining 4-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma'nosini tushuna boshlaydilar. Ular o'zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o'xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga urunishni rag'batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to'g'ri tasvirlashga o'rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo'yilgan.

Yüklə 77,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin