1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179
11sinif biologiya

35-rasm. 
Ignabargli o‘rmon biogeotsenozining tiklanishi. 
Barqaror biogeotsenozlarning bosqichma-bosqich shakllanishini o‘rmon 
biogeotsenozning tiklanishi misolida ko‘rish mumkin (35-rasm). Vulqon 
otilishi natijasida paydo bo‘lgan yalang‘och qoyalarda dastlab lishayniklar va 
suvo‘tlari paydo bo‘ladi. Suvning muzlashi va erishi, lishayniklar tomonidan 
ishlab chiqariladigan kislotalar toshlarni yemirishi tufayli tuproq qatlami 
hosil bo‘ladi. Lishayniklarning qoldiqlari tuproq qatlamini organik birikmalar 
1–10 yil
10–25 yil
25–100 yil
100 yil – va undan ko‘p


125
bilan boyitadi. Keyinchalik bu yerda yo‘sinlar o‘sa boshlaydi. Lishayniklar va 
yo‘sinlar bilan bir vaqtda bu hududda hasharotlar, o‘rgimchaklar va boshqa 
umurtqasizlar yashay boshlaydi. Shundan so‘ng shamol yordamida bir yillik 
va ko‘p yillik o‘tlarning tarqalishiga imkon yaratiladi. Tuproq tarkibida qoldiq 
moddalar miqdori, umurtqasiz hayvonlar va shu bilan bir paytda turli xil 
xordalilar tipi vakillari bo‘lgan qushlar, sutemizuvchilar xilma-xilligi ham ortib 
boradi. Dastlab butalar, so‘ngra daraxtlar paydo bo‘ladi, hayvonot dunyosi 
boyib boradi. Shu yo‘l bilan o‘rmon paydo bo‘ladi. Birlamchi suksessiyada 
o‘simliklar asosiy rol o‘ynaydi, chunki ularning faoliyati tufayli tuproq tarkibi 
o‘zgaradi, mineral moddalar bilan boyib boradi.
Ikkilamchi suksessiya
populatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan 
hududlarda kuzatiladi. Ikkilamchi suksessiya yong‘in, qurg‘oqchilik, 
o‘rmonlar kesilishi yuz bergan hududlarda populatsiyalar o‘rtasida mu no-
sabatlarning qayta tiklanishi oqibatida yuz beradi. Bunday turdagi suk-
sessiyalarda rivojlanish birlamchi suksessiyaga nisbatan tez kechadi, chunki 
tuproqda o‘simliklarning yer ostki organlari, sporalar, karaxt hol dagi 
havyonlar saqlanib qolgan bo‘ladi. Ikkilamchi suksessiyalarning amalga 
oshishi ko‘pincha inson omili ta’sirida sodir bo‘lgani uchun ham ularni 
antropogen suksessiya deb atash ham mumkin. 
Shunday qilib, suksessiyalar natijasida sayyoramizda turli darajadagi 
biologik xilma-xillik vujudga keladi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin