1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179
11sinif biologiya

Archazor o‘rmon
Umumiy jihatlari
Paxta dalasi
 
22-§. BIOGEOTSENOZLARNING BARQARORLIGI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Biogeotsenozlarning o‘z tarkibiy 
qism lari o‘rtasidagi dinamik muvozanatni va o‘zaro munosabatlarni 
tabiiy yoki antropogen ta’sirlardan so‘ng tiklay olish xususiyati deganda 
nima ni tushunasiz?
Ekosistemalarning barqarorligi.
Tabiiy ekosistemalar ma’lum qonuni-
yatlar asosida tarkib topadi, rivojlanadi. Ekosistema ning barqarorligi eng 
avvalo produtsent, konsument, redutsentlar tomonidan amal ga oshiriladigan 
moddalar va energiya almashinuvi jarayoni va quyosh energiyasi hisobiga 
ta’minlanadi. Yuqorida qayd etilgan ikki omil ekosistemaning tashqi 
muhitning doimiy o‘zgarishlariga nisbatan barqarorligini yuzaga keltiradi. 
O‘zgargan ekologik omillar ta’sirida o‘zining tuzilishi va normal funksional 
holatini saqlay olish xususiyati ekosistemalarning barqarorligi deb ataladi. 
Turlarning xilma-xilligi va organizmlarning o‘zi yashaydigan muhitdagi 
o‘zgarishlarga ma’lum darajada moslanishlari ekosistemalar barqarorligini 
ham da tashqi muhit omillariga nisbatan turg‘un ligini ta’minlaydi
.


123
Ekosistemalar turg‘unligini uning tarkibiga kiradigan organizmlar o‘rtasidagi 
trofik aloqalarning xilma-xilligi ham belgilaydi. Turlar soni kam bo‘lgan ekosiste-
ma lar barqaror bo‘lmaydi. Biogeotsenozlarning tarkibida turlar qanchalik xilma-
xil bo‘lsa, ularning turg‘unligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tashqi muhit 
sharoitlarining o‘zgarishi avvalgi muhitga moslashgan organizmlarni qirilishiga 
olib keladi. Ekosistema tarkibida populatsiyalar genetik jihatdan qanchalik xilma-
xil bo‘lsa, ularda tashqi muhitning o‘zgargan sharoitlariga nisbatan moslanish, 
yashab qolish va organizmlarni sonini tiklash uchun imkoniyat shunchalik ko‘p 
bo‘ladi. Populatsiyalarning o‘zini tiklab olishi uchun talab qilinadigan vaqt 
organizmlarning ko‘payish tezligi bilan belgilanadi. Ekosistemalarning o‘zini 
o‘zi boshqarish va dinamik muvozanatni saqlash xususiyati gomeostaz deb 
ataladi. Ekosistema gomeostazi uning tarkibidagi turlarning soni va tarkibining 
doimiyligi bilan ifodalanadi. Insonning omil sifatida oziq zanjirlariga salbiy 
ta’siri ekosistemadagi organizmlar sonining ko‘payishi yoki kamayishiga olib 
keladi, natijada ekosistemaning gomeostaz holati buziladi. Tashqi muhit sharoit 
va turlar sonining o‘zgarishi hamda ayrim turlarning yo‘qolishi yoki yangi 
turlarning qo‘shilishi, biogeotsenozlar turg‘unligining buzilishiga yoki boshqasi 
bilan almashinishiga olib keladi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin