119
Agroekosistemalar.
Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala)
insonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati
natijasida yuzaga keladigan
sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol
bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy biogeotsenoz-
lardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki
bir necha hayvon zotlari va o‘simlik navlarining
yuqori hosildorligi bilan
ta’riflanadi (33-rasm).
Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini
avtotrof organizmlar – o‘simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar
faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan
tabiiy ekosistemalardan
farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga
oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur
mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi.
Agroekosistemaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:
madaniy
o‘simliklar, begona o‘tlar, mikroorganizmlar (masalan, azot to‘plovchi
bakteriyalar), yuksak o‘simliklar bilan mikoriza hosil qiladigan zamburug‘lar,
tuproqda erkin yashovchi zamburug‘lar, bakteriyalar, suvo‘tlari, tuproqda
yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar (34-rasm).
Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda
yoqilg‘i,
kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya
sarfl anadi. Ba’zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan
mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida
agroekosis temalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun’iy
yaratilgan
34-rasm.
Agroekosistemalarda moddalar va energiya aylanishi.
Quyosh
energiyasi
Suv, o‘g‘it
Detrit
Hosil
Produtsentlar-
ning organik
moddalari
Konsumentlar
-
ning organik
moddalari
120
ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim
turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan)
vaqtinchalik
iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za
monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga,
zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga
olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha
tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar –
entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik
sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Cho‘l, o‘tloq, dasht kabi yaylov sifatida
foydalaniladigan tabiiy
ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish,
o‘g‘itlash va tuproqni sun’iy sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin.
Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga
ishlov berishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi
o‘simlik navlari va ularning duragaylarini yaratishda
genetik injeneriya va
biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: