tog‘
o‘rmonlari
joylashgan. Tog‘ o‘rmonlarida yong‘oq, olma, tog‘olcha, do‘lana,
3000 m
Dengiz
sathi
Adirlar
Tog‘ o‘rmonlari
Tog‘ muzliklari
Yaylovlar
30-rasm.
Tog‘ tabiiy geografik zonalari.
115
bodom, qatrong‘i, nok, archa, terak, qayin, kamxastak kabi daraxtlar; na’matak,
uchqat, zirk, tobul g‘i, irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Ko‘p yillik o‘tlar orasida lola,
shirach, kavrak kabi muhofazaga molik turlar ham bor.
Tog‘ o‘rmonlarida o‘rmon sichqoni, tog‘ suvsari, qunduz, o‘rmon
olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, qoplon, yovvoyi qo‘y, tog‘
echkisi, to‘ng‘iz, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq kabilar
uchraydi. Qushlardan burgut, yapaloqqush,
tasqara, kaklik, zarg‘al doq kabilar yashaydi.
Respublikamiz hudud idagi dengiz sathi-
dan 2700 –2800 m va undan baland bo‘lgan
barcha yerlar – yaylovlardan iborat. Yay-
lov larning havosi nihoyatda sovuq, doim
kuchli shamol esadi. Shuning uchun bu yerda
o‘sadigan daraxt va butalar past bo‘yli bo‘ladi.
Yaylovda yer bag‘irlab o‘sadigan daraxt-
lardan archa va butalardan irg‘ay, na’matak,
32-rasm.
Qiziltikan.
Tolay tovushqoni
Qirg‘ovul
Xongul
Bo‘rsiq
31-rasm.
Adir hayvonlari.
116
uchqat kabilar toron, shuvoq, sutlama, sug‘uro‘t, betaga, sanchiqo‘t, yunona
kabi ko‘p yillik o‘tlar, kirpio‘t va zirako‘t kabi yostiq hosil qilib o‘sadigan
o‘simliklarni uchratish mumkin (32-rasm).
Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan qo‘ng‘ir ayiq, ilvirs, tog‘
takasi, arxar, muflon, qoplon, bo‘ri; qushlardan boltayutar, tog‘ zog‘chasi
kabilar yashaydi. Qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishi, archa o‘rmonlarining
kesilishi kabi antropogen ta’sirlar tog‘oldi va tog‘ hududlarida biomlarning
sezilarli buzilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |