1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179
11sinif biologiya

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
Dasht, chala cho‘l, cho‘l, 
to‘qay, adir, tog‘ o‘rmonlari. 
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Markaziy Osiyo tabiiy ekosistemalari haqida gapirib bering.
2. Cho‘llarning o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos jihatlarini aytib 
bering. 
3. To‘qay mintaqasidagi o‘simlik va hayvonlarning o‘ziga xos mosla nish larini 
tushuntiring. 
4. Adirlarda qanday o‘simlik va hayvonlar tarqalganligini aniqlang?
5. Tog‘ o‘rmonlari va yaylovlarning iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi 
haqida ga pirib bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
O‘
simliklarni ular o

sadigan muhitiga ko

ra guruhlarga ajrating.
 
T/r O‘simliklar
T/r
O‘simliklar
T/r
O‘simliklar
T/r
O‘simliklar
1
Qamish
8
Bo‘yimodoron 15 Qizil sho‘ra
22
Tol
2
Turang‘il
9
Sarsazan
16 Kakra
23 Yulg‘un
3 Baliqko‘z
10
Itsigak
17
Qumtariq
24 Shuvoq
4 Qiziltikan
11
Shirinmiya
18
Andiz
25 Sanchiqo‘t
5 Shirach
12
Sutlama
19
Oqquray
26 Toron
6 Betaga
13 Qora boyalich
20
Sag‘an
27
Juzg‘un
7
Qo‘ziquloq
14 Iloq
21
Saksovul
28
Marmarak
Qumli cho‘llarda o‘sadigan o‘simliklar:
Sho‘r tuproqli cho‘llarda o‘sadigan o‘simliklar:
To‘qaylarda o‘sadigan o‘simliklar:
Adirlarda o‘sadigan o‘simliklar:
Yaylovlarda o‘sadigan o‘simliklar:


117
21-§. SUN’IY EKOSISTEMALAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Tabiiy biogeotsenozlarning xilma-xilligi 
va tabiiy ekosistemalarning barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni aytib 
bering.
Sun’iy ekosistemalar – bu antropogen ekosistemalardir. Tarixiy rivoj-
lanish davomida inson tabiatni o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirib borgan. 
Insonlarning xo‘jalik maqsadlari tabiiy ekosistemalarni antropogen eko siste-
malarga qisman almashishiga olib kelgan – urbanoekosistema, agroeko-
sistema, ular insonning xohishlariga ko‘ra yaratiladi, saqlanadi, boshqariladi. 
Sun’iy ekosistemalar o‘zini o‘zi boshqarmaydi, o‘zini o‘zi tiklay olmaydi va 
insonning ta’sirisiz uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. 
Ular faqatgina quyosh energiyasidan foydalanibgina qolmay, inson tomo-
nidan beriladigan qo‘shimcha energiya manbalaridan ham foydalanadi. Akva-
rium, gul o‘tkazilgan tuvaklar sun’iy ekosistemalarning kichik modellaridir. 
Urbanoekosistema – (urbanoekosistema lotinchada «urbs» – shahar) 
inson tomonidan sun’iy yaratilgan va boshqariladigan ekosiste ma sanaladi. U 
insonlar ma’lum bir joyni manzilgohga aylantirishi natijasida paydo bo‘ladi. 
Bunday ekosistemalarga shaharlar, shaharchalar, qishloqlar misol bo‘ladi.
Urbanoekosistemalar tarkibiga tabiiy komponentlar (yorug‘lik, havo, suv, 
tuproq, o‘simlik, hayvon, zamburug‘, mikroorganizmlar) va inson tomonidan 
yaratilgan komponentlar (sanoat korxonalari, arxitektura qurilish obyektlari, 
transport, dam olish oromgohlari va yashash joylari) kiradi.
Inson tomonidan yaratilgan ikkinchi komponent shahar ekosistemasining biotik 
va abiotik qismlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina yirik shaharlarda havo 
tarkibida sanoat va avtotransport vositalari chiqindilari, hayvon, o‘simlik turlari 
sonining kamayishiga sabab bo‘luvchi karbonat angidrid va is gazi miqdori 
ortgan. Shahar muhitiga antennalar va elektr uzatish tarmoqlari hamda transport 
vositalari tomonidan keltirib chiqariladigan turli shovqinlar tas’ir ko‘rsatmoqda. 
Ular yovvoyi hayvonlarni cho‘chitadi, insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shaharlarda o‘stiriladigan o‘simliklar orasida tuproq tarkibida namlik 
yetishmasligiga va sho‘rlangan tuproqda o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan 
(terak, soxta kashtan, shumtol, akatsiya, gledichiya va boshqalar), havo 
tarkibidagi karbonat angidridni o‘zlashtiradigan va havoga kislorod bilan 
birga kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni nobud qiladigan fitonsidlar 
ishlab chiqaradigan o‘simliklar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shahar hududida 


118
o‘sadigan o‘simliklarning asosiy vazifasi organik modda hosil qilish emas, balki 
havo tarkibini me’yorida ushlab turishdir. Ular o‘zida chang va turli xil zararli 
kimyoviy mahsulotlarni ushlab qoladi va tabiiy tozalovchi vazifasini bajaradi. 
Urbanoekosistemada tarqalgan hayvonlar orasida qushlar (kaptar, chumchuq, 
qaldirg‘och va boshqalar), kemiruvchilar (kalamush, sichqon, olma xonlar), 
hasharotlar (qandalalar, suvaraklar, asalarilar va boshqalar) uchraydi. 
Shahar ekosistemasini boshqaruvchi ekologik ixtisoslashgan tashkilot larning 
bugungi kundagi vazifasi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasini, 
kommunal va transport sohalarini ekologizatsiya lashtirish hisoblanadi. Energiya 
sarfini kamaytirish borasida ham bir qancha muammolar o‘z yechimini topib 
bormoqda. Energiya olishda quyosh batareyalaridan va energiyani nisbatan 
kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga 
suv sarfini kamaytirish, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni kamaytirish va
qayta ishlash kabi muammolar mavjud.
Bug‘doyzor
G‘o‘za maydoni
Olmazor
Paxtazor

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin