118
o‘sadigan o‘simliklarning asosiy vazifasi organik modda hosil qilish emas, balki
havo tarkibini me’yorida ushlab turishdir. Ular o‘zida chang va turli xil zararli
kimyoviy mahsulotlarni ushlab qoladi va tabiiy tozalovchi vazifasini bajaradi.
Urbanoekosistemada tarqalgan hayvonlar orasida qushlar (kaptar, chumchuq,
qaldirg‘och va boshqalar), kemiruvchilar (kalamush, sichqon, olma xonlar),
hasharotlar (qandalalar, suvaraklar, asalarilar va boshqalar) uchraydi.
Shahar ekosistemasini boshqaruvchi ekologik ixtisoslashgan tashkilot larning
bugungi kundagi vazifasi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasini,
kommunal va transport sohalarini ekologizatsiya lashtirish hisoblanadi. Energiya
sarfini kamaytirish borasida ham bir qancha muammolar o‘z yechimini topib
bormoqda. Energiya olishda quyosh batareyalaridan va energiyani nisbatan
kamroq sarflaydigan yoritish uskunalaridan foydalanilmoqda. Shu bilan birga
suv sarfini kamaytirish, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni kamaytirish va
qayta ishlash kabi muammolar mavjud.
Bug‘doyzor
G‘o‘za maydoni
Olmazor
Paxtazor
Dostları ilə paylaş: