1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


-rasm.  Agroekosistemalar. 119 Agroekosistemalar



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179
11sinif biologiya

33-rasm. 
Agroekosistemalar.


119
Agroekosistemalar. 
Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) 
insonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan 
sun’iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog‘lar, tokzorlar, tomorqalar misol 
bo‘ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun’iy biogeotsenoz-
lardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki 
bir necha hayvon zotlari va o‘simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan 
ta’riflanadi (33-rasm). 
Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini 
avtotrof organizmlar – o‘simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar 
faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan 
farq qiladi. Bu ekosistemalarda o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari amalga 
oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur 
mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi.
Agroekosistemaning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi: madaniy 
o‘simliklar, begona o‘tlar, mikroorganizmlar (masalan, azot to‘plovchi 
bakteriyalar), yuksak o‘simliklar bilan mikoriza hosil qiladigan zamburug‘lar, 
tuproqda erkin yashovchi zamburug‘lar, bakteriyalar, suvo‘tlari, tuproqda 
yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar (34-rasm). 
Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko‘p miqdorda 
yoqilg‘i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya 
sarfl anadi. Ba’zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan
mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida 
agroekosis temalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun’iy yaratilgan 
34-rasm. 
Agroekosistemalarda moddalar va energiya aylanishi.
Quyosh
energiyasi
Suv, o‘g‘it
Detrit
Hosil
Produtsentlar-
ning organik 
moddalari
Konsumentlar
-
ning organik 
moddalari


120
ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim
turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g‘o‘zadan) vaqtinchalik 
iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g‘o‘za 
monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho‘rlanishiga, 
zararkunandalarning ko‘payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga 
olib keladi. Almashlab ekishni qo‘llash, ekologik jamoaga qo‘shimcha 
tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar –
entomofag (hasharotxo‘r), changlantiruvchi asalarilarni qo‘shish, ekologik 
sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Cho‘l, o‘tloq, dasht kabi yaylov sifatida foydalaniladigan tabiiy 
ekosistemalarning mahsuldorligini oshirish uchun serhosil o‘tlar ekish, 
o‘g‘itlash va tuproqni sun’iy sug‘orish usullaridan foydalanish mumkin. 
Agrosenozlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish uchun ekinlarga 
ishlov berishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi 
o‘simlik navlari va ularning duragaylarini yaratishda genetik injeneriya va 
biotexnologiya usullaridan foydalanish zarur. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin