Dengiz ekosistemalariga ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar,
ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz
ekosistemalari
Y
er sharining 70% ini egallaydi. Dengizlarning eng chuqur
nuqtalarida ham hayot mavjud. Dengizlar va okeanlarda suvning doimiy
aylanishi kuzatiladi, dengiz ekosistemalarida to‘lqinlar vujudga keladi.
Dengiz suvining sho‘rlanish dara jasi juda yuqori (30% gacha), shu sababli
dengizda yashovchi organizmlarda suv yo‘qotilishiga qarshi bir qancha
mosla nishlar vujudga kelgan. Dengizlarda plankton, nekton va bentos
organizmlar yashaydi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: tabiiy ekosistema, sun’iy
ekosistema, biomlar, chuchuk suv ekosistemasi, dengiz ekosistemasi.
Bilimlaringizni qo‘llang. 1. Chuchuk suv ekosistemasi qanday komponentlardan tarkib topgan? Nima uchun
uning tarkibida produtsentlarning biomassasi konsumentlarnikiga qaragan da
kam?
2. O‘rmonlarda hayotni qanday omillar ta’minlaydi?
3. Fitoplankton, zooplankton va bentos organizmlar ro‘y xatini tuzing, ular ning
ko‘l ekosistemasidagi o‘rnini aniqlang
4. Qaysi abiotik omil chuchuk suv ekosistemasiga ko‘proq ta’sir etadi? Uning
ta’siri na tijasida ekosistemada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
O‘ z fikringizni bildiring. 1. Hozirgi paytda tropik o‘rmonlarni kesish avj olib bormoqda. O‘rmonlarning
kesilishi biologik xilma-xillikni kamayishiga sabab bo‘ladi. Chunki tirik
organizmlarning deyarli 50% i mana shu o‘rmonlarda hayot kechiradi. Lekin
bu o‘rmonlar xalqaro qo‘riqxonalar tarkibiga kirmaydi. Shu sababli ham
iqtisodiy rivojlanish uchun xizmat qilishi kerak. Bu muammo yuzasidan
qanday taklif bera olasiz?
112
20-§. MARKAZIY OSIYO VA O‘ZBEKISTONNING TABIIY