Tabiiy ekosistemalar. Tabiiy ekosistemalar antropogen ekosistemalardan
turlarining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy
jarayonlarni amalga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq
emas. Tabiiy ekosistemalar 3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari;
2) chuchuk suv ekosistemalari; 3) dengiz ekosistemalari.
Quruqlik ekosistemalari. Quruqlik ekosistemalarining
Y
er yuzida
joylashuvini ikkita asosiy abiotik omil: harorat va yog‘in miqdori belgilaydi.
Yer sharining turli qismlarida iqlim bir xil emas. Quruqlikdagi ekosistemalarda
namlik cheklovchi omil hisoblanadi. Produtsentlar transpiratsiya jaroyonida
ko‘p suv sarflaydi, shu sababli namlikning miqdori ekosistemalarning
mavjudligini belgilovchi omil hisoblanadi.
H
arorat ham ekosistemadagi
turlar xilma-xilligini belgilaydi, lekin cheklovchi omil sifatida namlik
kabi muhim emas, chunki harorat davriy ravishda o‘zgarib turadi. Harorat
yil davomida bir xil bo‘lishi (ekvatorda) yoki fasllarga qarab o‘zgarishi
mumkin. Barcha organizmlar o‘zi rivojlanadigan muhit haroratiga evolutsiya
natijasida moslashgan. Quruqlikdagi ekosistemalar juda xilma-xildir. Bir
xil iqlim mintaqalarida joylashgan ekosistemalar yig‘indisi
biomlar deb
nomlanadi. Biomlar faqat quruqlikda mavjud. Biomlarning quyidagi turlari
farqlanadi:
A
rktika tundrasi va alp tundrasi, shimoliy ignabargli o‘rmonlar,
mo‘tadil iqlim o‘rmonlari, dashtlar, sahrolar, tropik o‘rmonlar.
Tundra shimoliy yarimsharda taygadan shimolroqda joylashgan. Tundra
(iqlim) juda ham sovuq, o‘rtacha yillik harorat 0°C dan ham pastroq. Bir
necha haftalik qisqa yoz davomida yerning muzdan erishi bir metrdan
oshmaydi. Tundrada daraxtlar uchramaydi, sekin o‘suvchi lishayniklar,
yo‘sinlar (sporali o‘simliklar), past bo‘yli butalar hukmronlik qiladi.
Hayvonot dunyosi ham boy emas, yirik tuyoqli hayvonlardan – shimol
bug‘usi (Yevrosiyo), kichik sutemizuvchilardan yirtqichlar (shimol tulkisi),
qushlardan qutb boyqushi va boshqalar uchraydi.