104
daraja – produtsentlar tashkil etadi, undan so‘ng ikkinchi trofik darajani – birinchi
tartib konsumentlari tashkil etadi va h.k. Bir trofik darajadan keyingisiga o‘tgan
sari individlar soni kamayadi, lekin ularning tana o‘lchami kattalashib boradi. Bir
darajadan keyingisiga 10 % energiya o‘tgani uchun ekologik piramidaning asosi
keng, yuqorisi esa cho‘qqili o‘tkir bo‘ladi. (
27-
rasm.).
Tabiatda har xil ekologik piramidalar uchraydi: 1) sonlar piramidasi – har
bir trofik darajada individlar sonini aks ettiradi; 2) biomassa piramidasi – har
bir trofik darajadagi tirik moddaning umumiy quruq massasini aks ettiradi;
3) energiya piramidasi – trofik darajalarda energiya oqimini aks ettiradi.
Sonlar piramidasida
ekosistemadagi
har bir
trofik darajadagi individlar
umumiy soni ko‘rsatiladi. Unga binoan oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ke-
yingisiga o‘tgan sari individlar soni kamayadi. Chunki yirtqichlar tanasi
ularning o‘ljalaridan ancha yirik va yirtqich hayotini ta’minlash uchun bir
qancha miqdordagi o‘lja kerak bo‘ladi.
O‘rmon ekosistemalarida produtsentlarni daraxtlar, birlamchi tartib
konsumentlarni o‘simlikxo‘r hasharotlar tashkil etib, konsumentlarning soni
produtsentlardan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun bunday ekosistemalarning
sonlar piramidasi teskari, ya’ni asosi ingichka, yuqori qismi keng bo‘ladi.
Biomassa piramidasi
ekosistemaning har bir trofik darajalaridagi
organizmlar biomassalarining nisbatini ko‘rsatadi. Quruqlik ekosistemalarida
produtsentlarning umumiy biomassasi oziq zanjirining boshqa trofik darajalari
Dostları ilə paylaş: