103
kuzatiladi. Har bir trofik daraja biomassasining shakllanishiga iste’mol qilingan
oziqning hammasi ham sarf bo
‘
lmaydi. Iste’mol qilingan oziqning ko‘p qismi
tirik organizmlar hayotiy jarayoni: nafas olish, harakatlanish, ko‘payish, tana
haroratini saqlash kabilarni ta’minlash uchun
sarflanadi. Undan tashqari,
iste’mol
qilingan oziqning hammasi ham o‘zlashtirilmaydi, ya’ni hazm bo
‘
lmaydi.
Oziqning hazm bo
‘
lmagan qismi tashqi muhitga chiqariladi (ekskretsiya).
Oziqning o‘zlashtirilganlik darajasi oziq tarkibi va organizmning biologik
xususiyatlari bilan bog
‘
liq bo
‘
lib, 12–75% ni tashkil etadi. O
‘
zlashtirilgan
oziqning asosiy qismi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini ta’minlash
uchun, bir qismi esa tananing qurilishiga va o
‘
sishiga sarflanadi. Boshqacha
aytganda, bir trofik darajadan ikkinchisiga o
‘
tishda modda va energiyaning ko‘p
qismi yo‘qoladi, shuning uchun iste’molchiga modda va energiyaning o‘zidan
avvalgi trofik daraja biomassasiga qo
‘
shilgan qismigina o
‘
tadi.
Tadqiqotlar shuni ko
‘
rsatadiki, oziq zanjirining har bir trofik darajasida
energiyaning 90% i yo‘qoladi, faqat 10% i keyingi darajaga o
‘
tadi.
Amerikalik ekolog olim R. Lindeman ushbu qonuniyatni
«
10% qoidasi
»
deb ta’rifladi.
Masalan
Produtsentlar
Birinchi tartib
konsumentlar
Ikkinchi tartib
konsumentlar
Uchinchi tartib
konsumentlar
1000
kJ
100
kJ
10
kJ
1
kJ
Bu qonunga binoan, oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘iniga
modda va energiyaning faqat 10% i o‘tadi, qolgan 90% i dastlabki bo‘gin
tirik organizmlarining hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarflanadi. Shunday
qilib, o‘simliklar tomonidan jamg‘arilgan modda va energiya tezda sarflanib
ketadi va shuning uchun ham oziq zanjiri uzun bo‘lmaydi.
Yuqoridagi qoidadan foydalanib oziq zanjirining bir bo‘ginidagi energiya
miqdori ma’lum bo‘lsa, har bir bo‘g‘inidagi energiya miqdorini aniqlash mumkin.
Oziq zanjirining har bir trofik darajasidagi individlar soni yoki biomassasi,
yoki undagi energiya miqdori aniqlansa, oziq zanjirining oxiriga qadar bu
ko‘rsatkichlarning kamayib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu qonuniyatni
ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va
ekologik
piramida qoidasi
deb atagan.
Trofik darajadagi individlar soni yoki biomassasi, yoki undagi energiya miqdori
bir xil kattalikdagi to‘g‘ri to‘rtburchaklar shaklida ifodalansa va ustma-ust qo‘yib
chiqilsa, ekologik piramida hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: