1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   179
11sinif biologiya

2420
100
3,2
100


147
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biosferadagi tirik organizmlarning asosiy 
qismi quruqlikda, ya’ni qit’alarda jamlangan (98,7% dan ko‘proq). Okean 
biomassasi katta emas, 0,13% ga teng. Quruqliklarda o‘simliklar biomassasi 
katta bo‘lsa (99%), okeanda esa hayvonlar biomassasi 93% dan ko‘proqni 
tashkil etadi. Agar hayvon va o‘simliklarni o‘zaro taqqoslasak 2400 mlrd t 
o‘simlik va 3 mlrd t hayvonot olamiga to‘g‘ri keladi. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, Yer yuzidagi tirik biomassani asosan yashil o‘simliklar tashkil 
etadi. Geterotrof organizmlar biomassasi o‘rtacha 1% ni tashkil qiladi.
Quruqlik biomassasi.
Qutblardan ekvatorga tomon borgan sari quruqlik 
biomassasi ortib boradi. Shu bilan bir qatorda o‘simlik turlari soni ham 
ortadi. Yo‘sinlar va lishayniklardan iborat tundra (500 ga yaqin tur) ignabargli 
va keng bargli o‘rmonlar bilan, ular esa o‘z navbatida dashtlar (2000 ga 
yaqin turlar), subtropik o‘rmonlar (3000 dan ko‘proq turlar) bilan alma-
shinadi. Tirik moddaning eng ko‘p biomassasi tropik o‘rmonlarda to‘plangan 
bo‘lib, ular biosfera materik qismining eng mahsuldor jamoalari hisoblanadi 
(8000 dan ko‘proq turlar).
Hayvon turlarining xilma-xilligi o‘simliklarning biomassasiga bog‘liq 
bo‘lib, ekvator tomon hayvon turlari soni ortib boradi. Turlar soni ko‘p, 
ya’ni hayot zich bo‘lgan joylarda hamkorlikda yashashga moslanishlar paydo 
bo‘ladi. Turlar bir-biri bilan oziq zanjirlari orqali bog‘langan biotsenozlarda 
hayot zichligi ortib boradi. Oziq zanjirlari bir-biri bilan tutashib, modda va 
energiyaning bir bo‘g‘indan boshqasiga o‘tishini ta’minlaydigan murakkab 
oziq to‘rlarini hosil qiladi. Quruqlik biomassasiga inson kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir natijasida biomassa hosil qiluvchi maydonlar 
qisqarmoqda. Bu ham yer va suvdan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida 
ratsional foydalanishni talab etadi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin