164
Birinchi avtotrof organizmlar
karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib,
atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid
miqdori kamayib, kislorod miqdori tobora ko‘payib borgan.
Atmosferaning yuqori qatlamlarida elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida
kisloroddan ozon ekrani hosil bo‘lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik
organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari
va kosmik nurlarining
halokatli ta’siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida
tirik organizmlar yanada ko‘paya borgan.
Atmosferada erkin kislorodning ko‘payishi Yer yuzasida aerob tipda
kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p hujayralilarning kelib
chiqishiga zamin yaratgan.
Dengizda yashovchi avtotrof organizmlar
keragidan ortiqcha kislorod
hosil qilgan va aerob organizmlarning yanada tez rivojlanishiga sabab
bo‘lgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‘p
energiya ajralgan. Ko‘p energiya esa organizmlarning morfologik va fiziolo-
gik jihatdan murakkablashishga imkon yaratadi.
Organik olam evolutsiyasidagi muhim ho-
disalardan biri tirik
organizmlarning qu ruq-
likka chiqishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra,
quruqlikka dastlab bakteriyalar va sianobak-
teriyalar eukariotlar paydo bo‘lishidan 3,5–
3,2 mlrd yil avval chiqqan. Tuproqning
paydo bo‘lishi prokariotlarning quruqlikka
chiqishi bilan bog‘liq. 500– 450
mln yil avval
eukariot organizmlar – o‘simliklar, so‘ngra
hayvonlar quruqlikka chiqqan. Shu davrdan
boshlab organik olam evolutsiyasi nafaqat suv
muhitida, balki quruqlik-havo muhitida ham
davom etgan.
Dastlabki quruqlik o‘simliklari sernam
yerlarda o‘sishga
moslashgan, qirilib ketgan –
50-rasm.
Dastlabki quruqlik
o‘simliklari: 1 – riniya; 2 – kuk
-
soniya.
1
2
Umurtqasizlarning barcha tip vakillari yashagan. Bir hu
-
jayralilar, kovakichlilar, chuvalchanglar, molluskalar, ignatan
-
lilar, trilobitlar keng tarqalgan. Dastlabki xordalilar – boshske-
letsizlar paydo bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: