160
lar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq (48-rasm). Redutsentlar fosforning
organik birikmalarini parchalab, mineral holdagi fosfatlarga aylantiradi.
Hosil bo‘lgan fosfatlar o‘simliklar ildizlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Azot va
ugleroddan farq qilib, fosfor atmosfera tarkibida uchramaydi, uzoq geologik
davrlar mobaynida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari uning manbayi hisoblanadi.
Oltingugurtning davriy aylanishi.
Oltingugurt oqsil va aminokislotaning
muhim tarkibiy qismidir (49-rasm). Tabiatda oltingugurt asosan H
2
S vodorod
sulfid, SO
2
– sulfid angidrid kabi gaz holatida, mineral moddalar: sulfidlar
(sulfid kislota tuzlari) va sulfatlar (sulfat kislota tuzlari) ko‘rinishida hamda
erkin holda bo‘ladi. Suvda yaxshi erish xususiyatiga ega bo‘lgan sulfatlar
o‘simliklar uchun asosiy oltingugurt manbayi hisoblanadi. O‘simliklar sulfatlarni
o‘zlashtirib, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar sintez qiladi. Hayvonlar esa
oltingugurtni organik birikmalar orqali o‘zlashtiradi. O‘simlik va hayvonlar
nobud bo‘lib, redutsentlar tomonidan parchalangandan keyin oltingugurt
tashqi muhitga qaytariladi. Chirituvchi bakteriyalar faoliyati natijasida oqsillar
takribidagi oltingugurt vodorod bilan birikib, vodorod sulfid holida tuproqqa
to‘planadi. Xemosintezlovchi bakteriyalar H
2
S ni produtsentlar o‘zlashtira
oladigan sulfatlargacha oksidlaydi.
I
nsonlar tomonidan energiya olish maqsadida
tarkibida ko‘p miqdorda oltingugurt saqlovchi moddalarning yoqilishi atmosfera
tarkibida oltingugurt oksidlari ko‘payishiga olib keladi. Atmosferada oltingugurt
oksidi suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislotani hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: