1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   179
11sinif biologiya

Suv aylanishi. 
Suv davriy aylanish jarayonida suv bug‘lanishi, havo 
oqimlari ta’sirida suvning harakatlanishi, suv bug‘larini kondensatsiyalanishi 
(kondensatsiya–gaz moddalarning suyuq yoki qattiq holatga o‘tishi), 
yog‘ingarchilik suvlarining boshqa suv havzalariga qo‘shilishi kuzatiladi. 
Suv bug‘lanishining ko‘p qismi okeanlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Okean va 
dengizlar yog‘ingarchilikdan oladigan suv miqdoridan ko‘p suv bug‘latadi, 
quruqlikning yog‘ingarchilik tufayli oladigan suv miqdori undan bug‘lanadigan 
suv miqdoridan ko‘p. Suvning davriy aylanishini ta’minlovchi asosiy kuch 
quyosh energiyasidir (47-rasm). 
47-rasm.
Biosferada suvning davriy aylanishi.
Quyosh energiyasi hisobiga okean va dengiz yuzasidan suv bug‘lanadi. 
Suv quruqlik yuzasidan va o‘simliklardan transpiratsiya natijasida ham 
bug‘lanadi. Suv bug‘lari havo oqimlari bilan bir joydan boshqa joyga harakat 
qiladi, past haroratli zonalarda bulutlarda kondensatsiyalanadi. Suv yog‘inlar 
ko‘rinishida quruqlik yuzasiga tushib, tog‘ jinslarini yemiradi va o‘simliklar, 
Okean
Bug‘lanish
Yerosti suvlari
Qor, yomg‘ir 
ko‘rinishidagi 
yog‘inlar
Bug‘lanish
Ko‘l
Daryo
Bug‘lanish
Kondensatsiya
Kondensatsiya
Transpiratsiya


159
mikroorganizmlar uchun qulay sharoit yaratadi. Yog‘inlar tuproqning yuqori 
qatlamini undagi mineral moddalar bilan birga yuvib, yerosti suvlari, daryolar, 
dengizlarga qo‘shiladi. Suvning bir qismi tuproqqa shimilib, chuchuk suv 
manbayi bo‘lgan yerosti suvlarini to‘ldiradi. Suv qor ko‘rinishida muzliklarda 
bir necha oy, hatto minglab yillar davomida saqlanishi mumkin.
Suv biosferada muhim rol o‘ynaydi. Tirik organizmlar tanasining 
yarimidan ko‘p qismi suvdan iborat. Shu sababli ham suv tirik organizmlar 
yashashi uchun zarur va muhim omillardan biridir. O‘simliklar suvni 
tuproqdan qabul qiladi va uni faol tarzda transpiratsiya qiladi. Ma’lum 
miqdordagi suv o‘simlik hujayralarida fotosintez jarayonida parchalanadi. 
Vodorod ionlari organik moddalar tarkibiga kiradi, kislorod esa molekular 
holatda atmosferaga ajraladi. Hayvonlar suvdan osmotik bosimini saqlashda 
foydalanadi va moddalar almashinuvining mahsuloti sifatida tashqi muhitga 
ajratadi.
Sayyoramizdagi turli ekosistemalarda chuchuk suvning yetishmovchiligi 
katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Inson faoliyati natijasida 
yerosti suvlari – chuchuk suv zaxiralari keskin kamayib bormoqda. 
Hozirgi kunga kelib yuz yillar davomida to‘plangan yerosti suvlaridan 
foydalanilayotgan hududlar mavjud. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin