1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179
11sinif biologiya

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
moddalarning davriy 
aylanishi, geologik davriy aylanish, biologik davriy aylanish.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biosferada moddalarning davriy aylanishining mohiyatini tushuntiring. 
2. Geologik davriy aylanishning biologik davriy aylanishdan farq qiluvchi ji-
hatlarini aytib bering. 
3. Biosferada moddalarning davriy aylanishida tirik organizmlarda boradigan 
hayotiy jarayonlarning o‘rnini aniqlang. 
4. Biosferaning barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlarni tushuntiring.
O‘
z fikringizni bildiring.
Biosferada moddalarning to‘xtovsiz davriy aylanishini ta’minlash uchun qanday 
shart-sharoitlar zarurligini tahlil qiling. 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
Geologik va biologik davriy aylanishlarni o‘zaro taqqoslang va jadvalda aks ettiring.
Geologik davriy aylanish
Biologik davriy aylanish


154
30-§. BIOGEOKIMYOVIY SIKL
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Biologik va geologik moddalar 
aylanishlarining o‘zaro aloqasini tushuntiring.
Moddalarning biologik va geologik aylanish jarayonlari birgalikda 
moddalarning biogeokimyoviy aylanishini hosil qiladi. Bu jarayon suv, 
kislorod, uglerod va azotning aylanishida namoyon bo‘ladi.
Biogeokimyoviy sikl
– bu biosferada kimyoviy elementlar va anorganik 
moddalarning tashqi muhitdan organizmlarga, organizmlardan esa yana tashqi 
muhitga chiqarilishi orqali aylanishidir. Biogen elementlarning aylanish 
tezligi ularning organizmlar hayot faoliyatidagi funksiyasi va Yer qobig‘idagi 
miqdoriga bog‘liq. Masalan, uglerod atmosferada karbonat angidrid holida 
uchraydi, uni aylanish davri 300 yil, atmosferadagi kislorodning to‘liq 
aylanishi 2000 yil va suvning biogeokimyoviy sikli 2 mln yilga teng.
Biogen elementlarning xususiy davriy aylanishi biosferadagi modda lar-
ning umumiy global aylanishiga qo‘shilib ketadi. 
Organik birikmalar ba’zan davriy aylanishdan chiqariladi va uzoq vaqt 
biogen moddalar shaklida (ohaktosh, ko‘mir, neft, torf) davriy aylanish da 
qatnashmaydi.
Barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan biogen elementlarning davriy 
aylanishi bilan tanishamiz. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin