1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179
11sinif biologiya

44-rasm. 
Biosferada uglerodning davriy aylanishi.
Atmosferadagi CO
2
Fotosintez
Fotosintez
Plankton
Suvo‘tlar
Organik qoldiqlar
Torf
Ko‘mir
Neft, gaz
Chirish
Organik
qoldiqlar
Nafas 
olish


156
(chaqmoq) ta’sirida azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot oksidi 
(NO
2
)ni hosil qiladi. Azot oksidi suvda erib nitrit (HNO
2
) va nitrat (HNO
3

kislotalarni hosil qiladi va yog‘inlar bilan tuproqqa tushadi. Tuproqqa 
tushgan kislotalar dissotsiatsiyasi natijasida nitrit (NO
2
) va nitrat (NO
3

ionlarni hosil qiladi va ionlar shaklida o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. 
Azotning davriy aylanishida mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi. Tabiatda 
azotning biologik fiksatsiyasi bir qancha prokariotlar: azot fiksatsiyalovchi 
azotobakteriyalar va dukkakli o‘simliklar ildizida simbioz yashovchi tugunak 
bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Ular gazsimon azotni ammoniy 
tuzlariga aylantiradi. Ammoniy tuzlari o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi 
va oqsillar sinteziga sarflanadi. Hayvonlar o‘simliklarni iste’mol qiladi 
hamda ular tarkibidagi oqsillar hayvon oqsillariga aylantiriladi. Hayvon va 
o‘simliklar nobud bo‘lgach, ularning qoldiqlari chirishi tufayli tuproq azotning 
organik va anorganik birikmalari bilan boyiydi. Chirituvchi bakteriyalar 
azotli organik birikmalarni (oqsil, mochevina, nuklein kislota) ammiakkacha 
parchalaydi. Bu jarayon ammonifikatsiya deb ataladi. Hosil bo‘lgan ammiak 
nitrit va nitratlargacha oksidlanadi. Bu jarayonda ikki guruh nitrifikatsiyalovchi 
bakteriyalar ishtirok etadi: birinchi guruh ammiakni nitrit kislotaga, ikkinchi 
guruh esa nitritni nitrat kislotaga oksidlaydi. Bu jarayon 
nitrifikatsiya
deb 
ataladi. Bu bakteriyalar ammiakni oksidlash natijasida hosil bo‘lgan energiya 
hisobiga anorganik birikmalardan organik birikmalarni sintezlaydi. Hosil bo‘lgan 
45-rasm. 
Biosferada azotning davriy aylanishi.
NO
3
Yer osti suvlari
Yerosti 
suvlari
Tugunak 
bakteriyalar
Nitrifikator 
bakteriyalar
Denitrifikator 
bakteriyalar
Ammonifikator 
bakteriyalar
Azotli 
organik
birikmalar
Biologik 
fiksatsiya
Atmosferadagi azot
Atmosferada azot 
fiksatsiyasi
Sanoatda azot 
fiksatsiyasi
Azot fiksatsiyalovchi 
bakteriyalar va 
sianobakteriyalar
N
2
N
2
NO
2
NH
4
Oqsil 
sintezi


157
nitrit va nitratlar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi. Azot birikmalarining 
(nitrit va nitrat) molekular azotgacha qaytarilishi – denitrifikatsiya jarayonida 
azot atmosferaga ajraladi. Bu denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar hisobiga amalga 
oshadi. 
Azotning davriy aylanishiga antroporen omilning ta’siri o‘g‘it ishlab 
chiqarish sanoat korxonalari faoliyatida ko‘p miqdorda azotli o‘g‘itlar ishlab 
chiqarishga sarflanishida namoyon bo‘ladi. Azotli o‘gitlardan ko‘p miqdorda 
foydalanish tuproqning holatini buzadi, ortiqcha azot birikmalarining 
tuproqdan suv havzalariga yuvilib ketishi atrof-muhitning ifloslanishiga 
sabab bo‘ladi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin