1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179
11sinif biologiya

69-rasm. 
Nafas olish organlari filogenezi: A – salamandraning nafas olish sistemasi; 
B – baqaning nafas olish sistemasi; D – kaltakesakning nafas olish sistemasi: 
1 – traxeya; 2 – bronx. E – qushning nafas olish sistemasi: 1 – havo xaltachasi. 
F – sutemizuvchining nafas olish sistemasi: 1 – bronxlar; 2 – alveolalar. 
Sutemizuvchilarda nafas yo‘llari kiprikchali epiteliy bilan qoplangan. 
Ular ovqat hazm qilish sistemasidan to‘liq ajralgan va faqat halqum qismida 
kesishadi. Bronxlar ko‘p marta tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar 
o‘pka pufakchalari bilan tugaydi. Alveolalar devori bir qavat epiteliydan 
iborat bo‘lib, kapillarlar to‘ri bilan o‘ralgan. Alveolalarning soni turli 
sutemizuvchilarda har xil bo‘ladi. Ular hisobiga gaz almashinuvi sathi 
kengayadi. Ko‘krak bo‘shlig‘i qorin bo‘shlig‘idan diafragma bilan ajralib 
turadi. Diafragmada muskul to‘qimasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, nafas olish 
harakatlarida juda muhim ahamiyatga ega (69-rasm).
Odamning embrional rivojlanishida barcha umurtqalilardagi kabi nafas yo‘li 
bilan hazm sistemasining boshlang‘ich qismi uzviy bog‘langan bo‘ladi. Bola 
tug‘ilganda nafas olish sistemasi to‘liq rivojlanmagan bo‘ladi. Nafas olish 
sistemasining takomillashishi balog‘at yoshiga yetgunga qadar davom etadi. 
Shunday qilib, umurtqalilarning nafas olish sistemasi ularning yashash 
muhitiga bog‘liq holda rivojlanib, evolutsiya davomida nafas yo‘llari ix-
tisoslashgan, nafas muskullari takomillashgan va gaz almashinish sathi ortgan.
A
B
D
1
E
F
1
2
1
2


217
Daftaringizga iboralarning ma’nosini yozib oling:
 
glikoliz, bijg‘ish, gemo -
g lobin, traxeya, bronxlar, bronxiolalar, alveolalar, diafragma. 
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Umurtqasiz hayvonlar nafas olish a’zolarining tuzilishini tushuntirib bering.
2. Baliqlar bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish sis te-
masidagi o‘xshashliklarni tushuntirib bering.
3. Sudralib yuruvchilar bilan qushlarning nafas olish sistemasidagi o‘xshashlik 
va farqlarni aytib bering.
4. Qushlar bilan sutemizuvchilarning nafas olish sistemasidagi o‘xshashlik va 
farqlarni tushuntirib bering.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin