222
singari katta va kichik qon aylanish doirasi butunlay ajralgan. Chap
qorinchadan chiqqan aorta yurakni chapdan aylanib, to‘sh suyagining orqasida
ravoqni hosil qilib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tanaga tarqaladi (74-rasm).
Qon aylanish sistemasining evolutsiyasida asosan 3 ta bosqich ko‘zga
tashlanadi.
1. Yurakning paydo bo‘lishi va yurak kameralari sonining ortishi.
2. Qon aylanishining ikkita – katta va kichik doirali bo‘lishi.
3. Yurakning chap arterial va o‘ng venoz bo‘laklarga ajralishi.
Evolutsiyaning quyi bosqichlarida qon hujayralarining xilma-xilligi ko‘proq
kuzatiladi. Tabiiy tanlanish natijasida sutemizuvchilarda bu xilma-xillik kamayadi
va qon hujayralarining eng asosiy shakllarigina saqlanib qoladi. Shunday qilib,
qon aylanish sistemasi evolutsiyasida qon hujay ra lari ning takomillashishi qon
shaklli elementlari tuzilishi va funksi yasining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: