1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   179
11sinif biologiya

Fiziologik moslanishlar.
Issiq haroratda o‘simliklarni qizib ketishdan 
himoya qiluvchi samarali vosita – barg og‘izchalari orqali transpiratsiya –
suv bug‘latish hisoblanadi. Cho‘l o‘simliklarining ko‘pchiligi qisqa hayot 
sikliga ega. Ularning vegetatsiya davri bahorga to‘g‘ri keladi, yozda esa 
bu o‘simliklar tinim davriga o‘tadi. Urug‘i tinim davrini o‘tadigan bir 
yillik o‘simliklar 
efemerlar
deyiladi. Piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasi tinim 
davrini o‘tadigan ko‘p yillik o‘simliklar esa 
efemeroidlar
deyiladi. 
Ayrim o‘simliklar (yo‘sinlar) va lishayniklar mavsumning suv tanqis 
bo‘lgan haddan tashqari issiq va sovuq davrlarida tanasidagi suv miqdorining 
kamayishi natijasida uzoq muddat anabioz (hayotiy jarayonlarning vaqtin-
chalik to‘xtashi) holatiga o‘tadi. 
Morfologik moslanishlar.
Y
er yuzining tropik va subtropik iqlim 
mintaqalarida o‘sadigan o‘simliklar yuqori haroratning ta’sirini kamaytiruvchi 
bir qator moslanishlarga ega. Barglarning rangi och tusda bo‘lishi, sirti 
tukchalar yoki mum bilan qoplanganligi buning yaqqol misolidir. Barglar 
shaklining o‘zgarishi natijasida barg yuzasining kichrayishi ham ortiqcha 
yorug‘lik nuridan himoya vositasidir. Masalan, barglarning tikanlarga 
aylanganligi (kaktus), mayda qipiqsimon shaklda bo‘lishi (saksovul, archa), 
barglarning qirqilgan bo‘lishi (palma), barglarning buralgan bo‘lishi (kovul), 
ignasimon shaklda bo‘lishi (qarag‘ay, qoraqarag‘ay). 
Barg yaprog‘ining burilishi natijasida barg yaproqlari yorug‘likka nisbatan 
vertikal yo‘nalishda joylashadi, bu esa o‘z navbatida ularni ortiqcha qizib 
ketishdan himoyalaydi. 
Sovuq iqlim sharoitida o‘sadigan daraxtlarning bo‘yi past bo‘lishi (qa-
yin, tol), yer bag‘irlab yotib o‘sishi (Turkiston archasi), o‘t o‘simliklar 
yostiqsimon shaklda (yaylov o‘simliklari) bo‘lishi ham morfologik moslanish-
lar natijasidir. Bu o‘simliklarga shamolning ta’siri kam, qishda esa ular qor 
bilan qoplanib, sovuq ta’siridan ko‘proq himoyalangan bo‘ladi, yoz oylarida 
tuproqning issiqligidan ko‘proq foydalanadi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin