1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179
11sinif biologiya

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
1.
 
Jadvalni to

ldiring. Ekologik guruhlarga mos ravishda o‘simliklarga misollar 
va ulardagi moslanish mexanizmlarini yozing.
Ekologik guruhlar
O‘simliklar
Moslanish mexanizmlari
Kserofitlar
Gigrofitlar
Mezofitlar
2.
 
Jadvalni to

ldiring. Hayvonlarga misollar va ulardagi moslanish mexanizm
-
larini yozing.
Moslanishlar
Hayvonlar
Moslanish mexanizmlari
Fiziologik moslanishlar
Morfologik moslanishlar
Etologik moslanishlar
11-§. TUPROQ VA TOPOGRAFIK OMILLAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Tirik organizmlar uchun mineral 
mod dalarning qanday ahamiyati bor? O‘simliklar va hayvonlarning 
mineral oziqlanishi qanday sodir bo‘ladi?
Tuproq – edafik omillar 
(yunoncha «edaphos» – yer, tuproq) tirik 
organizmlar hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir. 
Edafik omillarga asosan tuproqning organik moddalar bilan belgilanadigan 
xossalari: kimyoviy tarkibi, strukturasi, suv rejimi, havo va harorat me’yori 
misol bo‘ladi. 
Tuproq Yer qobig‘ining o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, tog‘ 
jinslari o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan va o‘zgaradigan yuza 


64
qismi hisoblanadi. Tuproqning tarkibi, strukturasi, paydo bo‘lishi, o‘zgarishi 
va rivojlanishi qonuniyatlari, tabiatdagi ahamiyati, melioratsiyasi – 
tuproqning xususiyatlarini yaxshilash, unumdorligini oshirish usullari, 
tuproqdan ratsional foydalanish, tuproq ifloslanishining oldini olish choralari 
kabi muammolarni tuproqshunoslik fani o‘rganadi. Tuproqshunoslik faniga 
rus olimi V.V. Doku chayev asos solgan. 
V.V. Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi beshta asosiy omillarni ko‘rsatib 
bergan: geologik omillar (tog‘ jinslari); iqlim omillari, topografik omillar 
(relyef); tirik organizmlar; vaqt (geologik yoshi). 
Hozirgi davrda yana bir omil – insonning xo‘jalik faoliyati ham kiritiladi. 
Geologik omillarga tuproqni hosil qiluvchi tog‘ jinslari misol bo‘ladi. 
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinlar, atmosfera, havo harorati, 
mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, mikroorganizmlar va 
oʻsimliklar taʼsirida yemiriladi, ya’ni nuraydi. 
Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘ jinslarining 
yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar – mikroorganizmlar, o‘simliklar, 
hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Evolutsiya jarayonida tirik organizmlar paydo 
bo‘lgach, ularning faoliyati natijasida tuproq hosil bo‘lgan. Tuproqning 
hosil bo‘lish jarayoni o‘simliklar, hayvonlar, mikroor ganizmlarning o‘zaro 
uzviy va murakkab munosabatlari natijasi sanaladi. Yashil o‘simliklar 
tuproqni yangi organik birikmalar bilan boyitib boradi. Natijada tog‘ jinslari 
o‘zgaradi. Yer yuziga yetib kelayotgan quyosh nurlari tuproq hosil bo‘lish 
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi omildir. 
Tuproqda xilma-xil mikroorganizmlar (bakteriyalar, bir hujayrali 
suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar, 
hasharotlar va ularning lichinkalari), umurtqali hayvonlar (yumronqoziq, 
yerqazar, krot) yashaydi. Tuproqda yashovchi organizmlar tuproq hosil 
bo‘lishini, uning unumdorligini oshiruvchi omillardan hisoblanadi. 
Insonning xo‘jalik faoliyati tuproq hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omildir. Hozirgi davrda Yer yuzida inson ta’siri bo‘lmagan joy kam 
qoldi. Yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish, o‘tlarni o‘rish, mollarni 
boqish, o‘rmonlarni kesish va boshqa inson faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar 
tuproqning hosil bo‘lish jarayonini o‘zgartirib, tuproqning sifatiga ta’sir 
etadi. Inson tuproq hosil bo‘lish jarayonini ongli ravishda boshqarib, uning 
unumdorligini oshiradi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot davrida tuproqdan 
foydalanishga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarmoqda. Shuning uchun tirik 


65
organizmlarning yashash muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan 
tuproqdan notoʻgʻri foydalanish tuproq eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va 
botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish maqsadida 
undan foydalanish qoidalari joriy qilingan.
Ma’lum hududda o‘sadigan o‘simliklarning xilma-xilligi tuproqning 
strukturasi, kimyoviy tarkibi, pH kabi bir qancha ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Relyef, yerosti suvlarining joylashuvi kabi omillar ham tuproqning 
xususiyat larini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida unda o‘sadigan o‘simlik 
turlari xilma-xilligini ta’minlaydi. Quruqlikda yashovchi hayvonlarga esa 
tuproqning yuqorida keltirilgan xususiyatlari kamroq ta’sir etadi. Lekin 
hayvon turlarining Yer yuzi bo‘ylab tarqalishi, xilma-xilligi o‘simliklar bilan 
bog‘liq. Tuproqning hayvonlar harakatlanishiga ta’sir etuvchi xususiyatlari 
ahamiyatli. Ochiq joylarda yashovchi va dushmandan katta tezlikda qochib, 
qutulib qoladigan tuyoqli hayvonlar qattiq va zich tuproq yuzasidan itarilish 
kuchi hisobiga o‘z tezligini oshiradi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin