1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179
11sinif biologiya

Topografik omillar. 
Abiotik omillarning ta’siri ko‘p jihatdan joyning 
topografik xususiyatlariga, ya’ni relyefiga bog‘liq, chunki relyef iqlim 
sharoiti hamda tuproqning xossalarini ham belgilaydi. Topografik omillarga 
quyidagilar misol bo‘ladi: balandlik (dengiz sathiga nisbatan); qiyalikning 
tikligi; qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi).
Asosiy topografik omillardan biri dengiz sathiga nisbatan 
balandlikdir

Balandlik ortgan sari havo harorati, atmosfera bosimi pasayadi, yog‘in-
garchilik miqdori, shamolning tezligi va radiatsiya kuchi ortadi. Tog‘lik 
joyda yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘simliklar 
vertikal zonallik bo‘yicha tarqalgan. Tog‘da 
yuqoriga ko‘tarilgan sari kuzatiladigan verti-
kal zonallik geografik kengliklardagi ekva-
tordan qutblarga tomon kuzatiladigan iqlim 
zonalariga mos keladi. 
Tog‘lar yangi turlarning paydo bo‘lish 
jarayonida geografik alohidalanishga sabab 
bo‘ladigan evolutsiya omili bo‘lsa, tirik 
organizmlarning migratsiyasida to‘siq bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Yana bir muhim topografik omil – 
qiyalik ekspozitsiyasi
(16-rasm). Shimoliy 
16-rasm.
Qiyalik 
ekspozitsiyasi.
6
o
C
19 
o
C
32
S
(janub)
N (shimol)
0 m
1800 m
2300 m
3000 m
26,5 
o
C
3 – Biologiya 11


66
yarimsharda tog‘ning janubga qaragan qiyaligiga ko‘proq quyosh nuri tushadi, 
shuning uchun bu yerda yorug‘likning intensivligi va harorat shimoliy qiyalikka 
nisbatan yuqori bo‘ladi. Janubiy yarimsharda esa buning aksi kuzatiladi. Bu 
esa o‘simliklar va hayvonlar jamoalariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Topografik omillardan yana biri 
qiyalikning tikligidir. 
Tog‘ va tepa liklar-
da qiyalik qancha tik bo‘lsa, unda o‘simliklar shuncha kam o‘sadi, chunki 
suv ta’sirida tuproq yuvilib ketadi va uning unumdor qatlami kamayadi. Tik 
qiyaliklarda asosan kserofit o‘simliklar uchraydi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin