59
Sukkulentlar (lotincha «succulentus» – sersuv) – ularda o‘z to‘qimalari va
organlarida suvni zaxirada saqlash va so‘ngra tejab sarflash kuzatiladi.
Agava, aloy, molodilo (barg sukkulentlar) kabi o‘simliklar
suvni
qalin barglarida saqlaydi, sutlamalar, kaktuslar (poya sukkulentlar)ning
poyasida suvni zaxirada saqlovchi to‘qimalar mavjud. Sukkulentlarning
epidermis to‘qimasi qalin mum qavat yoki mayda
tuklar bilan qoplangan
bo‘ladi. Barglardagi barg og‘izchalari kam va kunduzi yopiq bo‘ladi. Poya
sukkulentlarda barglar mayda yoki tikanga aylangan (kaktuslar). Fotosintez
jarayoni yashil poyalarda amalga oshadi (15-rasm).
Sklerofitlar (yunoncha «scleros» – qattiq, «phyton» – o‘simlik) – tuproqda
namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham o‘sadi.
Ular suvni zaxirada saqlab
turolmaydi, lekin sklerofitlar sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgani
uchun suvni ushlab tura oladi. Bu hujayra shirasining yuqori osmotik bosimini
yaratadi. Shu bosim tufayli sklerofitlar tuproqdan suvni shimadi. Shuning
uchun ularni «nasos o‘simliklar» deb ham atashadi.
Sklerofitlar ildizi yerga
chuqur kirib boradi (saksovul, yantoq). Sklerofit o‘simliklarda transpiratsiyani
kamaytirish hisobiga suvni tejaydigan bir qator morfologik moslanishlar: kichik
Agava
Molodilo
Sutlama
Dostları ilə paylaş: