76
Lishayniklardagi suvo‘ti va zamburug‘ning munosabati
Daraxtlar ostida o‘sadigan yorug‘sevar o‘t o‘simlikka yorug‘lik yetishmaydi
Bo‘ri va tulki munosabati
Azot fiksatsiyalovchi bakteriya va dukkakli o‘simlik munosabati
Zarpechak boshqa o‘simliklar poyasini o‘rab olib o‘sadi
Chumolilar va shira bitlari o‘rtasidagi munosabat
O‘z fikringizni bayon eting.
1. Yirtqich qushlarning yoppasiga qirilishi qur va kuropatka kabi qushlarning
kamayishiga
olib keladi; bo‘rilarning ovchilar tomonidan ko‘plab qirib
yuborilishi bug‘ular sonining kamayishiga sabab bo‘ladi; chumchuqlarning
ko‘plab qirilishi natijasida donli ekinlarning hosildorligi kamayadi. Yuqorida
keltirilgan ma’lumotlarga izoh bering.
2.
Botanika, zoologiya o‘quv fanlaridan olgan bilimlaringiz asosida «yirtqich –
o‘lja» munosabatlariga misollar keltiring. «Yirtqich – o‘lja» munosabatlari
evolutsiya jarayonida qanday o‘rin tutadi?
3. Yirtqich sutemizuvchilarda ov vaqtida yordam beradigan ko‘plab moslanishlar
bor. Lekin tabiatda yirtqichlar va ularning o‘ljalari soni deyarli o‘zgarmaydi.
Buning sababini tushuntiring.
4. Tabiatdagi ayrim turlar zararli, ayrim turlar foydali degan fikr to‘g‘rimi?
Javobingizni misollar bilan tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: