1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179
11sinif biologiya

13-§. ANTROPOGEN OMILLAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Nima uchun antropogen omillar 
alohida guruhga ajratilgan?
Hozirgi davrda atrof-muhitning jadal o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan 
omillar bevosita inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, kishilik jamiyati tobora 
rivojlangan sari uning tabiatga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Hozirgi kunda 
insoniyatning tabiat va atrof-muhitga ta’siri kuchi ortib ketgan. Antropogеn 
ta’sir ekologik omillar yig‘indisi bo‘lib, uning asosida insonning xo‘jalik 
faoliyati yotadi. Antropogen omillar odam va uning xo‘jalik faoliyatining 
o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar 
guruhidir. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojiga moslashtiradi, 
bu esa o‘z navbatida tirik organizmlarning tabiiy yashash muhitlari hamda 


77
ularning hayotiy jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Antropogen omillar 
ta’sirida iqlim, atmosfera, tuproq strukturasi, suv havzalarining fizik holati 
va kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Antropogen omillarning quyidagi turlari 
mavjud: kimyoviy omillar, fizik omillar, biologik omillar, ijtimoiy omillar.
E
kin maydonlariga ishlov berish maqsadida mineral o‘g‘itlardan 
foydalanish, hosildorlikni oshirish, zararkunanda hasharotlarga qarshi zaharli 
kimyoviy moddalarni qo‘llash, Yerning geologik qobiqlari – atmosfera, 
gidrosfera, litosferaning transport va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi 
kabilar 
kimyoviy antropogen omillarga
kiradi. 
Fizik antropogen omillarga
yadro energiyasidan foydalanish, inson faoliyati tufayli, masalan, transport 
vositalarining ortib borishi oqibatida shovqin kuchining ortishi kabilar 
misol bo‘ladi. 
Biologik antropogen omillarga
oziq-ovqat mahsulotlari, 
odam organizmi yashash muhiti va oziq manbayi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
bakteriyalar, parazit hayvonlar kiradi. 
Ijtimoiy antropogen omillar
odamlar 
jamoasi hamda ularning o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. 
Antropogen omillar deyilganda insonning atrof-muhitga, ya’ni tirik 
organizmlar, biogeotsenozlar, biosferaga har qanday (bevosita va bilvosita) 
ta’siri tushuniladi.
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan 
omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlarning yashash muhiti 
o‘zgaradi, bu esa o‘z navbatida, ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi 
bog‘lanishlarning buzilishiga olib keladi. 
Inson o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib tabiatga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida 
o‘simliklar, hayvonlarning yashash muhitlari ham o‘zgaradi. Insonning 
tabiatga ta’siri 
bevosita va bilvosita

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin