1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   179
11sinif biologiya

dominant turlar 
deyiladi. 
Ular biotsenoz xilini belgilaydi. Masalan, qarag‘ay – qarag‘ayzorda, archa – 
archazorda va h.k. Har qanday biotsenozda dominant turlardan tashqari kam 
sonli boshqa turlar ham uchraydi. Biotsenozdagi jami individlar umumiy 
sonining qancha qismini tashkil etishiga ko‘ra (dominantlik darajasi) 
quyidagilar farqlanadi: subdominant turlar, ular ko‘p sonli, biotopda nisbatan 
ko‘p uchraydi, lekin dominantlarga nisbatan soni kam bo‘ladi; kam sonli 
turlar, ular ko‘p sonli emas, biotopda ahyon-ahyonda ayrim joylardagina 
uchraydi; noyob turlar – soni juda kam, biotopning faqat ayrim bir 
qismidagina uchraydi. 
Inson dominant yoki subdominant turlardan xo‘jalik faoliyati jarayonida 
biotsenozga zarar yetkazmagan holda foydalanishi mumkin. Kam sonli va 
noyob turlar muayyan biotsenoz doirasida himoyaga olinishi zarur. Ko‘pgina 
biotsenozlarning areali doirasida noyob turlar soni juda kamayganda, odatda, 
ular Xalqaro yoki milliy Qizil kitobga kiritiladi. 
Turning fazoviy strukturasi 
– populatsiya individlarining o‘zlari 
egallagan hudud da tarqalishi. Turlarning biotopda ham gorizontal, ham vertikal 
yo‘nalishlarda ma’lum qonuniyat asosida taqsimlanishi biotsenozning fazoviy 


87
strukturasini belgilaydi. Biotsenozga vertikal yaruslilik va gorizontal mozaik 
struktura xosdir. 
Quruqlik biotsenozlarida vertikal strukturaning shakllanishida bo‘yi tur licha 
balandlikdagi o‘simliklar asosiy rol o‘ynaydi. Yarus – biotsenozda birga likda 
o‘sadigan, bir-biridan balandligi bilan farqlanadigan turli guruhlarga man sub 
bo‘lgan o‘simlik turlaridir. Turli yaruslar o‘simliklarning xilma-xil hayotiy shakl-
la ridan hosil bo‘ladi. Yuqori yarusni yorug‘sevar o‘simliklar tashkil etadi. Past ki 
yarusda soyaga chidamlilari, eng quyida esa soyasevar o‘simlik turlari o‘sadi.
O‘simliklarning bunday joylashishi quyosh energiyasini to‘liq o‘zlashti-
rilishini ta’minlaydi. Birinchi yarusni baland daraxtlar (eman, terak, shumtol, 
jo‘ka), ikkinchi yarusni unchalik baland bo‘lmagan daraxtlar (yovvoyi olma, 
nok, chetan) tashkil qiladi. Uchinchi yarus butalar (o‘rmon yong‘og‘i, 
kalina), to‘rtinchisi baland o‘tlar va chala butalardan, beshinchi yarus baland 
bo‘lmagan o‘tlar (yertut, yo‘sinlar)dan tashkil topgan (19-rasm). 
Biotsenozdagi hayvon turlarining tarqalishi fitosenozning muayyan yaruslariga 
bog‘liq bo‘ladi. Birinchi yarusda daraxtlarning barglari bilan oziqlanadigan 
hasharotlar uchraydi. Ikkinchi yarusni qushlar va daraxtlarning tanasidagi 
zararkunandalar – po‘stloqxo‘r va mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar egallaydi. Keyingi 
pog‘onalarda yirtqich va tuyoqli hayvonlar, qushlar, kemiruvchilar yashay-
di. Beshinchi yarus kanalar, ko‘poyoqlilar va boshqa mayda hayvonlarga boy 
bo‘ladi. 
Yaruslilikning paydo bo‘lishi har xil turlarning bir-biriga uzoq muddat 
davomida moslanishlari va turlararo munosabatlarning shakllanishi natija si-
dir. Yaruslilik turlarning yashash joyi, yorug‘lik va oziq manbayiga bo‘l-
gan raqobatini sezilarli darajada pasaytiradi. Natijada maydon birligidagi 
19-rasm. 
Bargli o‘rmonning vertikal strukturasi (yarusliligi).
O‘tlar
Butalar
Yorug‘sevar 
daraxtlar
Soyaga chidamli 
daraxtlar
Yaruslar


88
organizmlar soni ortadi, biotopning resurslaridan to‘liq va ratsional 
foydalaniladi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin