21-rasm.
Etologik tuzilmalar.
91
22-rasm.
Pavianlar to‘dasida individlarning harakatlanishi: birinchi halqada erkak pa
-
vianlar, ikkinchi halqada urg‘ochilar, ichki halqada yosh pavianlar. А – ovqatlanish joyi
tomon harakatlanish; B – yirtqich hayvon hujum qilgan vaqtda harakatlanish.
moslashgan individlar yig‘indisidan tashkil topadi. Ustritsa, midiyalarning
koloniyalari yakka formalarning hududiy birlashmalari sanaladi. Qaldirg‘och,
pingvinlar koloniyalarida hayvonlarning ba’zi hayotiy funksiyalari kelishilgan
holda amalga oshiriladi (masalan, dushmandan himoyalanish). Termitlar,
chumolilar, arilarning koloniyalarida individlar o‘rtasida vazifalar o‘zaro
taqsimlanadi.
Shunday qilib, populatsiyaning ekologik tuzilishi uni tashkil etuvchi
organizmlarning yashash muhiti resurslaridan to‘laroq foydalanishi, birgalikda
hayot kechirishiga yaxshiroq moslashishini ta’minlaydi.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling:
populatsiya gomeostazi,
populatsiya zichligi, jinsiy tarkib, yosh tarkibi, tug‘iluvchanlik, fazoviy struk-
tura, etologik struktura.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biotsenozning turlar xilma-xilligi qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
Biotsenoz barqarorligining shu ko‘rsatkichlarga bog‘liqligini izohlang.
2. Barqaror biologik tizim sifatida populatsiya qanday xususiyatlarga ega?
3. Populatsiyaning miqdor dinamikasini o‘rganish qanday ahamiyatga ega?
4. Tabiiy populatsiyalar sonining davriy va davriy bo‘lmagan o‘zgarishlariga
misol keltiring.
5. Populatsiya zichligining ortishi qanday o‘zgarishlar bilan birga kechadi?
Tug‘i luvchanlik va o‘lim ko‘rsatkichi nisbatiga ko‘ra qanday populatsiyalar
farqlanadi?
6. Quyida berilgan organizmlarning qaysilari guruh hosil qiladi: bug‘doyiq,
gidra, binaf sha, bo‘ri, planariya, beda, go‘ngqarg‘a?
A
B
92
7. Hayvonlarning ijtimoiy guruhlarida etologik strukturaning har xil turlariga
mi sollar keltiring.
8. Biotsenozning vertikal strukturasi shakllanishida qaysi tarkibiy qismi muhim
ahamiyatga ega?
Dostları ilə paylaş: |