Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. O‘z fikringizni bildiring. 1. Turli suv havzalari va har xil yoshdagi ovlanadigan baliqlarning ikkita
populatsiyasi uchun tadbirlar rejasini tuzing. Bitta populatsiyada yosh
piramidasining asosi keng, boshqasiniki esa tor.
2. G‘izollarning ikkita populatsiyasi har xil yashash muhitida yashagani uchun bu
holat ularning yosh tarkibiga ta’sir ko‘rsatgan. Birinchi populatsiyada 160 ta
yuvenil yoshdagi, 90 ta pubertat yoshdagi va 50 ta qari organizmlar bo‘lgan.
Ikkinchi populatsiyada 80 ta yuvenil, 160 ta pubertat yoshdagi va 100 ta qari
organizmlar bo‘lgan. Bu populatsiyalarning kelajagini bashorat qiling. Har bir
populatsiyaning yashab qolishi uchun odamlar qanday choralarni qo‘llashlari
lozimligini ko‘rsatib bering.
3.
Populatsiyalarning yosh strukturasini bilish odamning atrof-muhit muhofazasi va
xo‘jalik faoliyatida qanday ahamiyatga ega?
4. Tushunchalar va ularning ta’rifi bilan muvofiqlikni aniqlang.
T/r
Tushunchalar T/r
Tushunchalarga izohlar 1
Tug‘iluvchanlik
A
Biotopda yashaydigan turlarning umumiy soni
2
Zichlik
B
Biotopda tez-tez uchraydigan va ko‘p sonli turlar
3 Yosh tarkibi
C
Maydon yoki hajm birligidagi organizmlar soni
4 Subdominant
turlar
D
Organizmlarning ko‘payishi hisobiga vaqt birligida po-
pulatsiyada paydo bo‘lgan organizmlar soni
5 Turlar boyligi
E
Organizmlarning maksimal soni
6 Biotsenozning
fazoviy strukturasi F Organizmlarning minimal soni
7
Miqdorning
yuqori chegarasi
H
Muayyan hudud yoki hajmdagi organizmlarning
umumiy soni
8
Etologik struktura
G
Biotopda turlarning vertikal hamda gorizontal yo‘nalish
-
larda ma’lum qonuniyat bo‘yicha joylashishi
9
Soni
I
Turli yoshdagi organizmlar guruhlaridagi individlar
sonining nisbati
10
Miqdorning quyi
chegarasi
M
Populatsiya individlari orasida yuzaga keladigan muno-
sabatlar tizimi