Amaliy mashg‟ulot №1 Mavzu: Foydali



Yüklə 41,27 Kb.
səhifə1/2
tarix14.05.2023
ölçüsü41,27 Kb.
#113493
  1   2
1-amaliy ish (2)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Misol

Amaliy mashg‟ulot №1
Mavzu: Foydali qazilma zahiralarini aniqlash.
Ishning maqsadi: - talabalarga foydali qazilma zahira turlari va zahiralar
haqida tushunchalar va boshlang‘ich ma`lumotlar berish.
Shaxta maydoni chegarasidagi foydali qazilma zahiralari quyidagi turlardan iborat: geologik, balansva balansdan tashqari.
Har bir konda aniqlangan foydali qazilma miqdori geologik zahira deb ataladi.
Balans zahira deb - zamonaviy texnologiya taraqqiyoti darajasida iqtisodiy jihatdan qazib olish samarali bo`lgan umumiy miqdorning qismi tushuniladi.
Balandan tashqari zahira deganda - zamonaviy texnologiya taraqiyoti darajasida qazib olish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`lgan umumiy miqdorning tegishli qismi tushuniladi.
Foydali qazilma o`rganilish darajasi bo`yicha quyidagi toifalarga bo`linadi:

    1. Mujassam tekshirilgan – A, B va C1 toifalar.

    2. Hammasi baholangan – C2 toifa.

A” toifali zahirasi quyidagi talablarga javob berishi lozim

  • o`lchamlari belgilangan;

  • foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan;

  • foydali qazilma ichida joylashgan atrof kon jinslarining tarxi ajratilgan va belgilangan;

  • foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan;

  • foydali qazilmaning sanoatga yaroqli turlari ajratilgan va belgilangan;

  • foydali qazilmaning tarxi belgilangan yoki lahmlar yordamida aniqlangan.

B” toifali zaxirasi “A” toifadagi zahiraga nisbatan kam darajada o`rganilgan va quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan;

  • foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan;

C1 toifali zahirasi quyidagi talablarni qoniqtirishi lozim:

  • foydali qazilmaning o`lchami va shakli belgilangan;

  • foydali qazilmaning texnologik xususiyati sanoatga yaroqli deb baholash uchun etarli darajada o`rganilgan;

  • foydali qazilmaning tarxi aniqlangan yoki lahmlar yordamida aniqlangan.

C2 toifali zaxirasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • foydali qazilmaning o`lchamlari, shakli, ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti o`rganilgan;

  • foydali qazilmaning xususiyatlari laboratoriya sharoitida aniqlangan;

  • geologik ma`llumotlarga asoslanib foydali qazilmaga yo`l ochish mumkinligi belgilangan.

Shaxta maydonining balansdagi zaxiralari quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

Bu yerda :


ZБ S H M . tonna

S -shaxta maydonining yotish chizig‘i bo‘yicha uzunligi , m.
Н - shaxta maydonining yotish chuqurligi bo‘yicha uzunligi, m
- ruda zichligi, t/m3
M - ruda qatlamlamlarining umumiy qalinligi ( M m1 m2 ...  mn ), m. Sanoat zaxirasi quyidagicha aniqlanadi.
ZПР ZБ ZПОТ

Bu yerda : miqdori, t.
ZПОТ
- foydali qazilmani qazib olishdagi loyihaviy yo‘qotilishlar

Loyihaviy yo‘qotilishlar quyidagi formuladan aniqlanadi:

ZПОТ
Z0 ZЭ Z Г

Bu yerda Zo – umumshaxta yo‘qotilishlari; Zэ - Ekspluatatsion yo‘qotilishlari;
Zг - geologik sharoitlarga boglik bo‘lgan yo‘qotilishlar;
Umum shaxta yo‘qotilishlari saqlovchi va to‘suvchi butunliklarda (целики) qoldiriluvchi zaxiralardan iborat bo‘lib quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Bu yerda:




LУ
Z0  2LУ  (S H  2LУ )  m K1 ZБ
to‘suvchi butunliklar kengligi.
,(t)

K1 - saqlovchi butunliklarda qoldiriluvchi yo‘qotilishlarni hisobga oluvchi

koeffitsiyent.
K1  0,01 0,02;

Qazib olishga to‘sqinlik qiluvchi geologik buzilishlarga bogliq bo‘lgan yo‘qotilishlar quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ZГ K2 ZБ , (t)
Bu yerda: K2 - geologik buzilishlar sonini va tavsifini hisobga oluvchi
koeffitsiyent. K 2  0,01 0,015
Ekspluatatsion yo‘qotilishlar quyidagi formula bilan aniqlanadi.
ZЭ  (ZБ Z0 ZГ )  СП

Bu yerda: СП

  • ekspluatatsion yo‘qotilishlar koeffisenti.

    • U yupqa qatlamlar uchun СП

= 0,08 (M = 0,8 ’ 2 m);

    • O‘rtacha qalinlikdagi qatlamlar uchun СП

= 0,12 (M = 2 ’ 5 m);

    • Qalin nishab qatlamlar uchun СП

= 0,15 (M = 5 ’ 15 m);

    • Juda qalin va qiya qatlamlar uchun СП

m);
= 0,2 ga teng (M = 15 ’ 60

Sanoat zaxirasi va balans zahirlar orasidagi bog‘liqlik, ya`ni qazib olishdagi yo`qotilishlar koeffitsienti aniqligi quyidagi formula yordamida tekshiriladi:
С ZПР  1
ZБ


У
Misol: Quyida berilgan sharoit uchun shaxtaning balansdagi va sanoat zahirasi aniqlansin.

Berilgan: S =2000m; H =1000m; m =2,1m; =4,9t/m3 ;

Yüklə 41,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin