4-ma’ruza: Yorug’likning o’simliklar hayotidagi ahamiyati. Yorug’lik va fotosintez Reja: Yorug’lik va o’simliklar hayoti
Yorug’lik va fotosintez
Yorug’likka nisbatan o’simliklarning ekologik guruhlari
Tayanch so’z va iboralar: yorug’lik, ko’rinadigan va ko’rinmaydigan nurlar, infraqizil va ultrabinafsha nurlari, fotoperiodizm, xlorofill, fotosintez, to’lqin uzunligi, fiziologik zona, yorug’sevar, soyasevar, soyaga chidamli
Yorug‘lik. Iqlim, eng avvalo, quyosh nuriga bog‘liq. Quyosh nuri o‘simliklarning fiziologik funksiyasi, tuzilishi, o‘sish va rivojlanishi tezligiga turli darajada (meoyoriy, kuchli, kuchsiz) ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh nurining biologik ta’siri intensivligi, spektral tarkibi, fasliy va kunlik davriyligi bilan belgilanadi. Bunga bog‘liq xolda tirik organizmlardagi moslashuvchanlik xususiyati - fasliy va mintaqaviy harakterga ega bo‘ladi. Yo’rug’lik o’simliklarning o’sishida, yani, hujayra va to’qimalarda boradigan o’sish jarayonlari va organlarning hosil bo’lishiga bevosita xizmat qiladi. Quyosh radiatsiyasining 42%i atmosfera orqali qaytariladi, 15%i atmosferani isitish uchun sarflanadi, faqatgina 43%i Yer yuzasiga kelib tushadi. O’simliklarda quyidagi hayotiy jarayonlar yorug’lik ta’sirida amalga oshadi:
Fotosintez – yetib kelgan yorug’likning 1-5%i sarf bo’ladi va ozuqa zanjirining energiya manbai hisoblanadi, xlorofill sintezida muxim rol o’ynaydi.
Transpiratsiya – yetib kelgan yo’rug’likning 75%i ishlanadi, bu infraqizil nurlar ta’sirida amalga oshadi
Fototropizm, fotonastiya o’simliklarda kerakli yorug’lik bilan ta’minlash uchun sodir bo’ladi.
Quyosh nuri 2 xil: ko’rinadigan va ko’rinmaydigan nurlardan tashkil topgan. Ko’zga ko’rinadigan nurlar yo’rug’lik spektrini tashkil qiluvchi 7 xil rangni – kamalak ranglarini o’z ichiga oladi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan nurlarga ultrabinafsha va infraqizil nurlar kiradi. Ultrabinafsha nurlar - u barcha jonzotlar, butun hayot uchun xavflidir. Bunday nurlanishning asosiy qismini atmosferaning yuqori qismida joylashgan ozon qatlami tutib qoladi. Shuning uchun ham, tirik organizmlar faqat ozon qatlamigacha bo‘lgan oraliqda mavjuddir. Ko‘rinmaydigan spektr (nur) lar o‘simlik va hayvonlarga juda zarardir. Eng muximi, yorug‘lik tufayli o‘simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo‘ladi. Yorug‘lik hayvonlar va inson uchun ham muxim omil hisoblanadi. Chunki u faollik darajasini belgilab beradi.