Abiotik omillar. Abiotik omillar - bu notirik, yani jonsiz tabiat omillaridir. Bu omillar 3 guruxga bo’lib o’rganiladi.
Iqlimiy: quyosh nuri, harorat, havo namligi, shamol, radiatsiya, gravitatsiya, bosim
Tuproq-edafik: tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari
Orografik: Yer sharining rel’ef sharoitlari
Bu omillar organizmga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Masalan, yorug‘lik va issiqlik bevosita ta’sir ko‘rsatsa, rel’ef bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar - yoritilganlik, namlik, shamol va boshqalarning ta’sirini belgilaydi.
Biotik omillar.Biotik omillar - tirik organizmlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri majmuidir. Ular turli shaklda ta’sirlashishi mumkin. Masalan, o‘simliklarning xasharotlar bilan changlanishi, bir turdagi organizmlarning boshqalarini yeyishi, resurslarning u yoki bu turi oziq, fazo, yorug‘lik va boshqalar uchun organizmlar o‘rtasidagi raqobat, parazitizm va boshqalar. Biotik o‘zaro munosabatlar juda murakkab va o‘ziga xos harakterga ega. Shuningdek, ular bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Biotik omillar ta’siriga ko’ra, 3 ta guruxga bo’linadi.
Fitogen 2. Zoogen 3. Mikrobogen
Mustaxkamlash uchun savollar 1. Muxit deb nimaga aytiladi?
2. Yashash muxiti va uning turlari
3. Moslanishlarning qanday xillari va darajalari mavjud?
4. Suv muxitiga nisbatan organizmlarning qanday moslanishlari bor?
5. Parazit organizmlarning qanday o’ziga xosligi bor?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 1. Горышина Т.К. Экология растений. М. «Высшая школа». 1979.
2. Культиасов И.М. Экология растений. Москва. 1978.
3. Культиасов И.М., Ахунов Х.М. Усимликлар экологияси. Т. Укитувчи. 1980.
4. Чернова Н.М., Былова Л.М. Экология. М. «Просвещение». 1981
5. Баратов П. Табиатни мухофаза килиш. Тошкент. 1991.
6. Ro’zmatov E.Yu., Qo’ziboyev Sh.T., Tojiboyev M.U. Bioekologiya (o’simliklar ekologiyasi) / O’quv qo’llanma. Toshkent: 2021