1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Atrof-muhitni o‘rganish metodlari



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179
11sinif biologiya

Atrof-muhitni o‘rganish metodlari.
Atrof-muhitni o‘rganishda qo‘llani-
ladigan barcha metodlar uchta katta guruhga bo‘linadi.
Dala metodi.
Dala metodi yordamida tabiiy sharoitda populatsiyalarga 
muhit omillarining kompleks holda ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi.
Dala metodidan foydalanish tabiiy muhit sharoitida biosistemalarning 
rivojlanishi va hayotiy faoliyatiga atrof-muhitning ta’sirini o‘rganish imko-
nini beradi. Meteorologik kuzatishlar, organizmlar sonini hisoblash (masalan, 
qushlarni halqalash orqali tadqiqotchilar mavsumiy migratsiya davri da 
qushlarning harakatini kuzatadilar) dala metod yordamida amalga oshiriladi.
Kuzatuv materiallari yozuvlar, rasmlar, fotosuratlar, videolavhalarda qayd 
etiladi. 
Ekologik tajribalar metodi
yordamida ayrim omillarning organizm rivoj-
lanishiga ta’siri o‘rganiladi. Tabiiy muhitda biron-bir omilning organizmga 
yoki jamoaga ta’sirini alohida o‘rganishning imkoni yo‘q, chunki barcha 
omillar majmua tarzda ta’sir etadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 
odatda birorta tabiiy sistema modellashtiriladi. Masalan, akvarium chuchuk 
suv havzasining modeli hisoblanadi.
Matematik modellashtirish metodi
ekosistemaning yashovchanligi va 
kelajagini oldindan aniqlashga yordam beradi. Bu usulni amalga oshirish-
da kompyuterdan keng foydalaniladi. Metodning mohiyati shundaki, 
o‘rganilayotgan tizimning xususiyatlari matematik belgilarga aylantiriladi. 
Keyin, ayrim ko‘rsatkichlarning qiymatlari o‘zgartirilib, o‘rganilayotgan 
tizimda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi o‘rganiladi. Mazkur ekotizim 
modellari tabiiy va laboratoriya sharoitlarida to‘plangan ko‘plab ma’lumotlar 
asosida shakllantiriladi. Bunday matematik modellar tajribada tekshirish 


13
qiyin bo‘lgan holatlarni o‘rganishga yordam beradi. Ular iqlim o‘zgarishlari 
va antropogen omillar ta’sirida ekotizimlarning rivojlanishini oldindan bilish 
imkonini beradi. Ko‘pincha ekologiyada qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari 
atrof-muhitni tadqiq etish uchun birgalikda qo‘llaniladi.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin