1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa
Tilshunoslik va adabiyot. Lingvopoetika. Tilshunoslik badiiy adabiyot bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bo‘lib qolmay, balki tinglovchiga ta’sir qiluvchi qudratli vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi an’anaviy va sistem-struktur tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lsa, ikkinchi funksiyasi lingvopoetikaning o‘rganish obyektidir. Lingvopoetika lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va boshq.) badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni o‘rganuvchi bo‘limidir. Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Mazkur atamalar ifodalagan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin o‘zaro ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. «Obraz», «uslub», «ko‘chim (trop)», «badiiy til», «stilistika», «poetika» kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetikaga daxldor tushunchalardir.