1. “Nazariy tilshunoslik masalalari” fani, uning predmeti, maqsa
Ong, tafakkur, tiltushunchalari haqida.Inson tafakkuri, zakovati - eng oliy ne’mat.Fikrlash qobiliyati esa insonning barcha muvaffaqqiyatlari asosi. Tafakkur orqaligina u obyektiv borliqni taniydi, mantiqiy bilishga erishadi. Insonning ong va shuuri voqelikni idrok etish, qabul qilish jarayonini boshqaradi. Ong, tafakkur haqida fikr yuritar ekanmiz, bu murakkab insoniy hodisalarning nutq bilan, kishi, xalq tili bilan chambarchas bog‘liq ekanligini, tilsiz tafakkur va tafakkursiz til mavjud emasligini yana bir karra ta’kidlash zarur. Shuning uchun faylasuflar “til fikrning bevosita voqe bo‘lishi” ekanligini alohida uqtiradilar.Ong - ijtimoiy, psixologik hodisa bo‘lib, insonning fikrlash qobiliyatini boshqaradi. Ong - voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o‘z ichiga olgan va ma’lum maqsadga yo‘nalgan holda aks etishidir. U - inson miyasiga berilgan sirli qobiliyat. Inson haligacha ongli uskuna yarata olgan emas. Xotirasi odamdan o‘nlab-yuzlab baravar ortiq bo‘lgan kompyuterlarda ham ong - mustaqil fikrlash qobiiyati yo‘q. Ular inson ongi yuklagan dasturni - amaliyotlar algoritmini bajaradi, inson yukini ko‘taradi, yengillashtiradi, xolos.Diniy va idealistik ta’limotda ong moddiy borliqdan avval mavjud bo‘lgan g‘ayritabiiy qudrat - Xudo, Alloh, Ruh va h.ning xususiyati, deb baholanadi. Idealistik falsafada ong birlamchi, moddiy dunyodan avval mavjud bo‘lgan g‘ayritabiiy kuchning qobiliyati yoinki uning o‘zi deb tan olinadi.