17 1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» A) Jig‘alixon
B) Gajdumbek
C) Hamza
D) Nazar
99. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rustambek kim?
A) Gajdumbekning ukasi
B) Gajdumbekning xizmatkori
C) Bibi Hilolning do‘sti
D) Shohdorxonning xizmatkori
100. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi chaqaloq tug‘ilganda uni
barcha abdal, ovtar, qirq chiltanlar bir-bir olib suygani, Hazrati Xizr ham
farzandim degani aytiladi?
A) Go‘ro‘g‘li
B) Bibi Oysha
C) Ravshanbek
D) Bibi Hilol
101. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li kimga «checha» deb
murojaat qiladi?
A) Bibi Hilolga
B) Bibi Oyshaga
C) Xoljuvonga
D) Zaydinoyga
102. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Go‘ro‘g‘li Yovmit elidan araz urib
kelmay ketgan kunidan beri uyda ilonday to‘lg‘anib, ayiqday ag‘anab ham
o‘g‘lidan, ham xotinidan ayrilib yotgan» obraz qaysi?
A) Gajdumbek
B) Rustambek
C) Ahmadbek
D) Yusufbek
103. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon kelishi bilan Taka-
Yovmit elida burilishlar bo‘ladi, eng muhimi u el-yurt sha’nini, shavkatini, or-
nomusini tiklaydi?
A) Ravshan
B) Gajdumbek
C) Go‘ro‘g‘li
D) Rustambek
104. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rustambek tomonidan Go‘ro‘g‘lining
Bibi Hilolga bevosita daxldorligini tasavvur qila olishiga ishora qilib, uning
harakatga tushishini dalillagan, hozirgi kunda muqobili saqlanmagan maqolni
toping.
A) «Dushmaning xas bo‘lsa ham qo‘rq».
B) «Es berganga dast berar, dast berganga, es berar».
C) «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo yo‘q».
D) «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar».
105. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz Go‘ro‘g‘liga achchiq
qilib, labini tishlab, soldarini solib, yerga qarab bir tortganida G‘irotning
tizzasidan pastini yerga kirgizib yuboradi?
A) Qovishtixon
B) Rayhon arab
C) Zaydinoy
D) Rustamxon