Mavzu: Amir Temur buyuk davlat arbobi
Amir Temur (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) 1336-
yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi - oʻrta
asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat
asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takina xotun
buxorolik. Otasi Amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda
Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Amir Temurning yoshligi
Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur
yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik,
kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan
mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan
mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan
ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat,
fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli
oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb
qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur,
Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek,
Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar,
musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga
birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur
qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. Amir Temur oʻzining ilk
harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat
qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan,
janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Qashqadaryo
vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni
Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon
bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni
avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili
(1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon og'oga
uylantiradi. Keyingi nikoh tuayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn
oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar.
Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-
yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda
amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻddirildi. Mamlakatda
siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi. Xondamirning
"Habib ussiyar" kitobida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin
mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz,
Keshda amir Hoji barlos, Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa
sulduz, Shibirgʻonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon
shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir
Husayn va amir Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar. Bu
davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy Turkistonda
hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy
vaziyatdan foydalanib, bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat kiladilar. Jeta
xonlaridan Tugʻluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360-61 va 1365 y. larda
Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining boskinchilik
yurishlari va zulmiga karshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr
amirlari xalqqa bosh boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashga jurʼat eta
olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi qismi esa el-
yurtni tark etib, oʻzga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning
amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana
shunday ogʻir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi
turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur
1360 yilning boshida Tugʻluq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan
kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga oʻtib, uning yorligʻi bilan oʻz
viloyatining dorugʻasn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qoʻyilgan
siyosiy hamda strategik qadam boʻlib, bu bilan Amir Temur moʻgʻullarning
navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan
edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning
lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi.
Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur boʻladi.
Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tugʻluq Temurning yana bir
raqibi - qaynogʻasi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan
kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi. Dastlab
ular Tugʻluq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga
kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1362
yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib
mekroniylar bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng oyogʻidan
jarohatlandi. Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja
boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 y. oxirida
ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq
boʻladilar. Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 y.
ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz
oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda "Loy jangi" nomi bilan shuhrat
topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va
oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar.
Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir
qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand
oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va
na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar
shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar
shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi
ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining
oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki
Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga
qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra butun
Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning
moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir
Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo
boʻyida oʻtkazib, 1366 y. bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab
sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun
boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq,
sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi
bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga
tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi.
Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning
hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur
oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir
Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib,
uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz
va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga
bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik
koʻradi. 1366 — 70 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi.
Dostları ilə paylaş: |