44 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB 40. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon mushohadali, qat’iy fikrli inson
bo‘lib, eligning shaharga kelish haqidagi taklifini rad etadi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
41. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib nimani mash’alga va kimyoga o‘xshatgan?
A) kitobni
B) bilimni
C) orzuni
D) ezgulikni
42. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib xalqni nimaga o‘xshatgan?
A) qo‘yga
B) qo‘ychivonga
C) oqimga
D) dengizga
43. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishidan maqsad
uning tajovuzkorligiga, bosqinchiligiga diqqatni tortishdir?
A) o‘limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
44. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishi har ikkisining
ham yaxshi-yomonning farqiga bormasligi asosida vujudga kelgan?
A) o‘limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
45. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining hujumkorligi va dushmanga hamlasi
nimaga o‘xshatiladi?
A) qoplonga
B) arslonga
C) to‘ng‘izga
D) filga
46. Yusuf Xos Hojib tun so‘zi o‘rnida qanday istioralardan foydalangan?
1) qora yuz bog‘i; 2) zangi yuzi; 3) hindu qirtishi (qiyofasi);
4) qora soch bo‘dug‘i; 5) qora ko‘ylak; 6) zog‘ rangi;
7) habash qirtishi; 8) tul to‘ni; 9) qunduz terisi; 10) sevuglar qoshi.
A) 2, 3, 4, 6, 7, 9, 10
B) 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9
C) 1, 3, 4, 5, 6, 8, 10
D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
47. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon behuda ishlar bilan band
bo‘lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib umrni behuda o‘tkazib
yuborishdan ogohlantiradi, mudrab borayotgan tuyg‘ularni sergaklantiradi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
48. Yusuf Xos Hojibning quyidagi jumlasida qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos
so‘zlarni qo‘ying va uning turkcha so‘zlarni nimaga qiyoslaganini toping.