75 5-§. ALISHER NAVOIY 44. «Saddi
I
skandariy» dostonidan olingan quyidagi bayt kim tomonidan
kimga va nima maqsadda aytilgan?
Senikim bu mulk uzra shoh ayladim, Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim. A) Arastu tomonidan
I
skandarga, adolatli bo‘lsin deb
B)
I
skandar tomonidan Chin xoqoniga, taxtga o‘tirsin deb
C) Fayloqus tomonidan
I
skandarga, taxtga o‘tirsin deb
D)
I
skandar tomonidan Feruzga, adolatli bo‘lsin deb
45. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»da hijriy 905-yili (milodiy
1500-yil) qaysi shahzodaning mamlakatning ayrim ehtiyojlari uchun
Sabzavor qal’asiga ma’lum miqdorda g‘alla zaxira qilishga qaror qilganligi
yoziladi?
A) Kepak Mirzoning
B) Muhammad Muhsin Mirzoning
C) Badiuzzamon Mirzoning
D) Mo‘min Mirzoning
46. «Saddi
I
skandariy» dostonining nechanchi bobida «yoshlikning shunday
go‘zal damlarida quyoshdek yostiqdan bosh ko‘tarib, ochiq chehrani
ko‘rsatmoq va bu faslda binafshadek belni bukib, mehnat va toatga bo‘yin
qo‘ymoq zarurligi haqida» gapiriladi?
A) XL bobida
B) XXXIX bobida
C) XXL bobida
D) XXIX bobida
47. «Panj ganj» («Besh xazina») dostonining muallifi kim?
A) Jomiy
B) Lutfiy
C) Nizomiy
D) Sakkokiy
48. «Makorim ul-axloq» asaridan olingan quyidagi misra kim haqida
ekanligini toping.
«Ko‘ngil ahli uning chehrasida rahmat ma’nosini ko‘rmishlar». Forschadagi asli: Ahli dil dar suvratash ma’niyi rahmat didaand. A) Alisher Navoiy
B) Zahiriddin Muhammad Bobur
C) Mirzo Muhammad Sulton
D) Husayn Boyqaro
49. «Saddi
I
skandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan
tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa
behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda «xoh qish va xoh
bahorda bo‘lsin, bir lahza umrini maysiz, musiqasiz» o‘tkazmaydigan yigitga
maslahat bergan dili pok inson unga kim bo‘lar edi?
A) amakisi
B) otasi
C) akasi
D) qo‘shnisi
50. «Saddi
I
skandariy» dostoni necha bobdan iborat?
A) 83 bobdan
B) 89 bobdan
C) 87 bobdan
D) 80 bobdan