43 3-§. YUSUF XOS HOJIB 34. «Qutadg‘u bilig» qanday ma’noni anglatadi?
A) qut (baraka, ilm) keltiruvchi hunar
B) qut (saodat, baxt) keltiruvchi boylik
C) qut (baraka, ehson) keltiruvchi mehnat
D) qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim
35.
I
jtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy
mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham
yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. Shunday paytda «Qutadg‘u
bilig» asari qaysi davlatning falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo
bo‘lgan?
A) Somoniylar davlatining
B) Qoraxoniylar davlatining
C) Temuriylar davlatining
D) Chingiziylar davlatining
36. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni Oyto‘ldi kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) vazir – davlat ramzi
C) vazir – aql ramzi
D) elig – aql ramzi
37. «Qutadg‘u bilig» asaridagi Kuntug‘di ismiga berilgan to‘g‘ri izohni toping.
A) Kun – Quyosh hammaga bir xil yorug‘lik beradi. Hammani birdek
isitadi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
B) Kun – Oy hammaga bir xil yorug‘lik beradi. O‘zi ham shu (oy) sifatlidir,
goho paydo bo‘ladi, goho mahv bo‘ladi.
C) Kun – Yer hammaga bir xil joy beradi. Hammani birdek ko‘radi. Uning
uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
D) Kun – Ezgulik hammaga bir xil oqibat ko‘rsatadi. Hammani birdek
ko‘radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
38. «Qutadg‘u bilig»da qaysi ramziy qahramon vafot etadi va bu nimaga
ishora qiladi?
A) Oyto‘ldi, ochko‘zlikning oxiri voyligiga
B) Kuntug‘di, adolatsizlikning oxiri voyligiga
C) Oyto‘ldi, davlatning bebaqoligiga
D) O‘zg‘urmish, davlat bebaqoligiga
39. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoda faqat davlat yoki aql
bilan bitirib bo‘lmaydigan ishlar ham borligidan, inson ko‘nglida nozik
tuyg‘ular mavjlanib turishidan xabar beradi, shu tuyg‘ularga beparvo
bo‘lmaslikka undaydi, umrni behuda o‘tkazmaslik uchun hushyorlikka
chaqiradi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish