41 3-§. YUSUF XOS HOJIB B) ipak gazmol – sovg‘a, tikan – dushmanlik
C) ipak gazmal – do‘stlik, tikan – dushmanlik
D) ipak gazmol – boylik, tikan – nafrat
20. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi bayt qaysi qahramonga
tegishli?
Juda aziz axir tiriklik kuni Bekor ishga sarflab bo‘lmaydi uni. A) Kuntug‘diga
B) O‘zg‘urmishga
C) Oyto‘ldiga
D) O‘gdulmishga
21. «Qutadg‘u bilig» badiiyatning yuksak namunasi bo‘lib, bunda shoir
nimalardan foydalanadi?
1) go‘zal obrazlar;
2) hayotiy o‘xshatishlar;
3) behad orttirilgan mubolag‘alar;
4) ta’sirchan tamsillar;
5) mo‘jaz ramzlar;
6) lo‘nda istioralar.
A) 1, 2, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 6
D) 1, 3, 4, 5, 6
22. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan qaysi o‘xshatishlar yozma adabiyotda
an’anaga aylangan?
1) yuzni oyga;
2) tiriklik (hayot)ni rabotga;
3) eligni arslonga;
4) yigitlikni arg‘umoqqa;
5) so‘zni zahar yo shakarga;
6) ko‘ngilni dengizga;
7) ko‘ngilni shishaga;
8) kitobni quyoshga.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 7
B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 2, 3, 4, 6, 7
D) 1, 2, 5, 6, 8
23. Yusuf Xos Hojib zulmni nimaga o‘xshatadi?
A) yonib turgan o‘tga
B) hayotni so‘ndiruvchi zaharga
C) hamma narsani vayron qiluvchi toshqinga
D) hamma narsani vayron qiluvchi bo‘ronga
24. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishida uning
dushmanga ayovsiz va katta kuch bilan dahshat solishi nazarda tutilgan?
A) o‘limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
25. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qo‘rqib ketgan
yoxud noqulay ahvolda qolgan odam yuzining belgisi sifatida keladi?
A) arg‘uvon
B) bo‘z
C) osh
D) gul