1. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani haqida. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari haqida


Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar



Yüklə 65,78 Kb.
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü65,78 Kb.
#199765
1   2   3   4
2-ma\'ruza Nutq o\'stirish

Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan omillar
1. Tilning adabiy me’yoriy qoidalaridan xabardor
2. Nutqini rivojlantirishga erishish
3. Muloqatga kira olish
4. Tovushlarni talaffuz qilish
5. Iboralarni to‘g‘ri tanlash
6. Maishiy leksikaga ega gap tuzish
7.Bolalarning yosh xususiyatlari
8. Nutqni rivojlantirishning o‘sib boruvchi salohiyati
9. Kattalar va tengdoshlari bilan muomala qilishi
10. Suhbatdoshini tinglay bilish
11. O‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixologik-pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

  • Nutqni rivojlantirish – bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.

  • Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.

  • Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi shart.

«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Nutq madaniyati - bu to‘g‘ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan, intonatsiya, leksik zaxira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir.



Yüklə 65,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin