1. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani haqida. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari haqida


Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazifalari



Yüklə 65,78 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü65,78 Kb.
#199765
1   2   3   4
2-ma\'ruza Nutq o\'stirish

Bolalar nutqini o‘stirishning predmeti maqsadi va vazifalari.
Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va o‘zi ham so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda tilning uch sifati (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan ahamiyatga egadir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi. Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalari hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktabgacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – «o‘rgatuvchi», didasko – «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, pedagog va pedagog faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining ob’ekti – yaxlit maktabgacha ta’lim jarayoni. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining predmeti – maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakli, metod va vositalari. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari, unga qo‘yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, barkamol avlod tarbiyasida nutqni to‘g‘ri shkllantirish yo‘llari va ish samaradorligi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari:
* maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini ko‘ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;
* bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘lini to‘g‘ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
* bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlar o‘zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo‘llay olinishini ta’minlash;
* uslubiy adabiyotlarni tanqidiy tahlil qilgan holda maktabgacha yoshda bo‘lgan bola nutqiga ta’sir ko‘rsatishning o‘ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag‘batlantirish.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o‘zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o‘z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
3. Bolalar nutqini rivojlatirishning tashkiliy pedagogik va metodik ishlari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda nutqni tuza bilish darajasini ko‘tarish maktabgacha ta’lim tizimi metodistlari oldidagi asosiy vazifalardandir. Shuni hisobga olgan holda tevarak-atrofni o‘rganishda maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga oid tadqiqotni nutqni rivojlantirishni ta’minlaydigan omillarni aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:

  • tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;

  • o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;

  • muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;

  • suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.

Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:

  • tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  • badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

  • savod o‘rgatishda;

  • o‘yin faoliyatida;

  • ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida.

Tadqiqotchilardan L.P.Fedorenko va G.A.Fomichevalar metodik jihatdan muhim g‘oyani ilgari suradilar: «Bolani nutqqa o‘rgatish, - deb yozadi ular, unga til materiyasini (nutq organlarini mashq qildirish) til belgilari, leksik va grammatik belgilar (intellektni mashq qildirish) ma’nosini tushunishni osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros va tuyg‘ularni mashq qildirish) borliqni baholashni ifodalashni o‘rgatish, adabiyot me’yorlarini eslashni osonlashtirishga ko‘mak berish demakdir».
Nutq o‘stirishni ta’minlaydigan maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning yuqori darajasiga quyidagilar evaziga erishilishi mumkin ekan:

    • tilning adabiy me’yorlari va qoidalaridan xabardorlik;

    • o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon eta olish;

    • muloqotga kira bilish, kattalar va tengdoshlar bilan muomala qila olish;

    • suhbatdoshni tinglay bilish, so‘rash (savollarni to‘g‘ri bera olish), javob berish, e’tiroz bildirish, zarur bo‘lganda esa tushuntirish, izohlash.

Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:

    • tabiat ob’ektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

    • badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;

    • savod o‘rgatishda;

    • o‘yin faoliyatida;

    • ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida.

Tadqiqotchilardan L.P.Fedorenko va G.A.Fomichevalar metodik jihatdan muhim g‘oyani ilgari suradilar: «Bolani nutqqa o‘rgatish, - deb yozadi ular, -unga til materiyasini (nutq organlarini mashq qildirish) til belgilari, leksik va grammatik belgilar (intellektni mashq qildirish) ma’nosini tushunishni osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros va tuyg‘ularni mashq qildirish) borliqni baholashni ifodalashni o‘rgatish, adabiyot me’yorlarini eslashni osonlashtirishga ko‘mak berish demakdir».
Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralarni qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam e’ibor qaratadilar.
Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmasligi mumkindir.

Yüklə 65,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin