2
ANNOTATSIYA
60310900 – Psixologiya (amaliy Psixologiya) mutaxassisiga kasb
tayyorgarligining nazariy va amaliy materiallarini o‗zida mujassamlashtirgan bo‗lib
psixologik ta‘limi jarayonini pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan
sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari
asosida metodik
muammolarni hal etish, psixologiya fanidan nazariy bilimlar, amaliy ko‗nikmalar
bo‗lajak psixologlarda psixologik bilimlarni umumkasbiy ko‗nikma va malakalarni
shakllantirish to‗g‘risida talabalarga chuqur bilimlar berish asosiy maqsaddir.
60310900 – Psixologiya (amaliy psixologiya)
yo‗nalishi bo‗yicha ikkinchi va
undan keyingi oliy ma‘lumot olish bo‗yicha kiruvchilarning
bilim darajasini sinash
maqsadida tuzilgan savollar psixologiya faniga oid nazariy asoslarini o‗z ichiga
oladi.
Mazkur savollar O‗zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standartiga
asoslangan xolda, ―Ta‘lim to‗g‘risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ talablariga mos ravishda, amaldagi na‘munaviy dasturlar asosida tuzildi.
Tuzuvchilar: kata o„qituvchi Z.Kurbanova
Taqrizchi: PhD A.Turg‟unboyeva
Dastur NamDU Pedagogika-psixologiya fakulteti psixologiya kafedrasi 2022
yil 29 iyundagi 11-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va ma‘qullangan.
3
Kirish
Ta‘lim-tarbiyani to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o‘ziga
xos
psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, turli yosh davrlaridagi
rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek, faol, mustaqil hamda ijodiy tafakkur
jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilishi
lozim bo‘ladi. Bu borada, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya
muhim o‘rin egallaydi.
―Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi‖ fani bo‘yicha
tuzilgan mazkur dastur psixologik-pedagogik vaziyatlarni samarali rejalashtira olish,
aqliy va shaxsiy taraqqiyot bilimlarini unumli
egallash, turli yosh davrlarida psixik
taraqqiyot qonunlarini to‘g‘ri anglab, psixodiagnostik tadqiqotlar olib borish,
o‘quvchilarga individual yondasha bilish, bola psixikasi taraqqiyotida turli noxush
holatlarning
oldini ola bilish, ota-onalar, o‘z hamkasblari va bolalar bilan to‘g‘ri
muomalada bo‘lish kabi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilganligi bilan
xarakterlanadi.
Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fani psixologiya ilmining muhim
tarmog‘i
sifatida, inson psixik jarayonlarining ontogenezdagi psixologik
xususiyatlarini va odam shaxsining ta‘lim-tarbiya sharoitida psixik taraqqiyotining
har bir davriga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi sohadir. Bu fan o‘quv dasturi ikki
bo‘limdan iborat: ―Yosh davrlari psixologiyasi‖ va ―Pedagogik psixologiya‖.
Pedagogik-psixologiya bo‘limida ta‘lim va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi,
ta‘limning tuzilishi, o‘quvchilarning o‘qish va bilish faoliyatini shakllantirish hamda
tarbiya psixologiyasining ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi
shaxsini barkamol
inson sifatida shakllantirish kabi muhim muammolar o‘z aksini topgan. Bunda,
o‘quv-tarbiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta‘lim-tarbiya
nazariyasining vazifalari, uning etnopsixologik xususiyatlari hamda ular tomonidan
yoritilgan shaxs taraqqiyotini boshqarish imkoniyatlari yoritilgan.
Yosh davrlari psixologiyasi bo‘limida ontogenezdagi
turli yosh davrlari psixik
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik
xususiyatlarini o‘rganish masalalari yoritilgan.