1 nvp 11 sing Uzbek tili


«Gazdan himoyalanish niqoblari



Yüklə 27,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix24.12.2023
ölçüsü27,71 Kb.
#193604
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik 11 uzb

«Gazdan himoyalanish niqoblari
yechilsin!»
komandasi berilgandan keyingina yechiladi. Bevosita zaharlanish
xavfi o‘tib ketganligi to‘g‘risida xabar berilgandan keyin ham gazdan
himoyalanish niqobi yechilmasligi mumkin. Gazdan himoyalanish niqobini
yechish uchun o‘ng qo‘l bilan bosh kiyim ko‘tarilib, chap qo‘l bilan
gazdan himoyalanish niqobi qutisidan ushlanadi va maska salgina pastga
tortib olinadi-da, bosh kiyim kiyiladi. Yechilgan gazdan himoyalanish
niqobi sumkaga joylanadi, bunda niqob toza latta yoki dastro‘mol bilan
artiladi. Ana shundan keyin gazdan himoyalanish niqobi «Tayyor» yoki
«Dala» holatiga o‘tkaziladi.
Qattiq sovuqda niqobning rezinasi qotib qolishi yoki ko‘zoynak muzlashi
mumkin. Bunda gazdan himoyalanish niqobidan foydalanish qiyinlashuvi va
ishlamay qolishi xavfi bor. Bunday hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun niqob
palto ichiga olib isitiladi. Agar gazdan himoyalanish niqobi taqilgan holatda
bo‘lsa, uning niqobi va klapanlar qutisini vaqt-vaqti bilan qo‘lda isitib turish,
nafas chiqarish klapanlariga esa puflab qo‘yish tavsiya etiladi.
Sovuqdan issiq xonaga kirilganda, gazdan himoyalanish niqobi metall
qismlari terlamaguncha 10—15 daqiqa kutib turish va shundan keyin gazdan
himoyalanish niqobi qutisini, metall qismlari va niqobni quruq latta yoki


42
dastro‘mol bilan artish va nafas chiqarish klapanlariga puflash kerak.
Birlashtirish trubkasini ham puflash lozim, agar trubka muzlab qolgan
bo‘lsa, uni muz bo‘lakchalaridan ehtiyotlik bilan tozalash zarur.
Gazdan himoyalanish niqobidan foydalanish vaqtida uning ayrim
qismlari shikastlanishi mumkin. Bunday holda gazdan himoyalanish
niqobini boshqasiga darhol almashtirish yoki zaharlangan joydan darhol
chiqib ketish lozim. Tabiiyki, shikastlangan gazdan himoyalanish niqobidan
ma’lum vaqt foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Niqobning chetlari sal yirtilgan yoki tasmalardan biri uzilgan bo‘lsa,
shikastlangan joyni yuzga yoki boshga kaft bilan mahkam siqiladi. Agar
niqobning yuz qismi yirtilgan, birlashtirish trubkasi teshilgan yoki uzilgan,
ko‘zoynak, nafas chiqarish klapanlari kattaroq shikastlangan bo‘lsa, bunday
gazdan himoyalanish niqobi qutisining bo‘g‘zini og‘izga tutib, burunni
barmoqlar bilan siqish va ko‘zni ochmay turib, quti orqali nafas olish
lozim (bunda og‘izdan nafas olish va og‘izdan nafas chiqarish zarur).
Agar gazdan himoyalanish niqobi qutisining korpusi teshilgan bo‘lsa, uni
loy, ho‘l tuproq, non mag‘zi yoki boshqa shunga o‘xshash modda bilan
suvab qo‘yish kerak. Imkon bo‘lishi bilanoq, shikastlangan quti boshqasiga
almashtiriladi.
Agar gazdan himoyalanish niqobi bo‘lmasa, u buzuq bo‘lsa, nafas olish
organlarini radioaktiv chang va bakterial vositalardan himoya qilish uchun
respiratorlar, paxta-doka, bog‘ichlar, changga qarshi to‘qima niqoblar
ishlatiladi. Ammo ular zaharli moddalardan saqlay olmaydi. Korxonalarda
ishlab chiqarish changlaridan himoyalanish uchun turli xildagi changga
qarshi respiratorlardan foydalaniladi.
Har qanday niqob yarim niqobdan va unga montaj qilingan filtrlovchi
elementdan (filtrlovchi respirator qutisidan) iborat.
Ba’zi turdagi niqoblarda filtr vazifasini yuz qismining materiali o‘taydi.
Ularning gazdan himoyalanish niqoblaridan afzal tomonlari shundaki, ular
nafas olishga kam qarshilik ko‘rsatadi, yengil, tuzilishi oddiy va bahosi
arzon bo‘ladi. Niqoblarning tuzilishi oddiy bo‘lganligi uchun ulardan
foydalanish ham qulaydir.
Nafas olish organlarini zaharli moddalardan himoya qilishning eng oddiy
usullaridan biri paxta-doka materialidan tayyorlangan, changga qarshi
taqiladigan niqobdir. Bu niqob radioaktiv changlar va bakterial aerozollardan
himoya qiladi.


43
Paxta-dokali bog‘lag‘ichni tayyorlash uchun 100 50 sm o‘lchamdagi
doka materiali olinadi, unga 1—2 sm qalinlikda paxta qo‘yiladi, dokaning
qirg‘oqlari ikki tomoni qayrilib paxta o‘raladi. Oxirgi uzunlik tomonidan
30—35 sm o‘lchamda kesiladi. Paxta-dokali bog‘lag‘ich jag‘, og‘iz, burunni
berkitishi lozim. Ko‘z tomonga changga qarshi ko‘zoynak taqiladi.
Changlarga qarshi materiallardan tayyorlangan niqob korpusi qadag‘ich-
dan iborat (korpus qismi 4—5 o‘ramdan iborat materialdan tayyorlanadi).
Korpus, qadag‘ichlardan andoza olinib chiqiladi. Korpus qismiga ko‘z
ko‘rinishiga mo‘ljallangan tuynukchalar qilinib, ularga oyna yoki ko‘rish
plastinkasi o‘rnatiladi. Niqob boshga yopishib qadalishi maqsadida, rezina
tasmalari o‘rnatiladi. Niqobning korpus qismini bosh tomon bilan birlash-
tirish uchun ko‘ndalang rezina tasma ham o‘rnatiladi.

Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin