46
Pana joylar asosiy va yordamchi binolardan iborat. Asosiy binoda
yashirinuvchilarni joylashtirish joyi va ikki yoki uch qavatli sori mavjud.
Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmogi, havoni tozalab
almashtirib beruvchi kamera va sigimi katta inshootlarda tibbiyot xonasi,
oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezian quduq va dizelli elektr stansiyasi
uchun xona mavjud.
Saqlanuvchi joyda, qoidaga muvofiq, kamida ikkita kirib-chiqish
eshiklari, kichik pana joylarda kirish va avariya vaqtida chiqadigan eshiklar
boladi.
Ofat yuz berganda, qoshimcha eshiklardan narvon bilan yoki shunday
kochaga chiqish mumkin. Halokat paytida eshiklardan yerosti yollari
orqali shaxtaga chiqiladi. Kop orinli (300 dan ortiq odam) inshootlarda
quriladigan eshiklarning bittasiga shluzli dahliz, zararlangan havodan
muhofaza qilinadigan sirtqi va ichki shamol kirmaydigan eshiklar bilan
jihozlanadi.
Havo tozalash tizimi havoni changlardan tozalovchi va havoni tozalab
almashtiruvchi tartibda ishlaydi.
Pana joyning energiya, suv isitish, kanalizatsiya tarmoqlari tashqi
tarmoqqa ulangan. Ular shikastlanganda pana joylar kochirma elektr
fonarlar, suv zaxiralari, chiqindilar uchun idishlar bilan taminlangan.
Dostları ilə paylaş: