murojaat etadi. Modullar barcha ichki axborotni dasturning boshqa
qismlarida yashiradi.
Biroq modulli dasturlash ham kamchiliklardan holi emas.
Modullar
kengaymas bo‘ladi, bu degani kodga bevosita kirishsiz hamda uni to‘g‘ridan
to‘g‘ri o‘zgartirmay turib modulni qadam-baqadam o‘zgartirish mumkin
emas. Bundan tashqari, bitta modulni ishlab chiqishda, uning funksiyalarini
boshqasiga o‘tkazmay (delegat qilmay) turib
boshqasidan foydalanib
bo‘lmaydi. Yana garchi modulda turni belgilab bo‘lsa-da, bir modul
boshqasida belgilangan turdan foydalana olmaydi.
Modulli va prosedurali dasturlash tillarida turni kengaytirish usuli, agar
«agregatlash» deb ataluvchi usul yordamida
boshqa turlarni yaratishni
hisobga olmaganda, mavjud emas edi. Xullas,
modulli dasturlash – bu
yana protseduraga mo‘ljallangan gibridli sxema bo‘lib, unga amal qilishda
dastur bir necha protseduralarga bo‘linadi. Biroq
endilikda protseduralar
ishlov berilmagan ma'lumotlar ustida amallarni bajarmaydi,
balki
modullarni boshqaradi.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) bu talablarga to‘la javob
beradi. Bunda dasturiy komponentlarni ko‘p martalab qo‘llash va
berilganlarni manipulatsiya qiluvchi usullar bilan
birlashtirish imkoniyati
mavjud.
OYDning asosiy maqsadi berilganlar va ular ustida amal bajaruvchi
protseduralarni yagona obyekt deb qarashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: